Sevgi – bu inson qalbining eng nozik va sirli kechinmalaridan biridir. U har birimizni hayotning ma’nosini anglashga, quvonch va qayg’u o’rtasida barqarorlik topishga undaydi. Sevgi nafaqat ikki qalbni bog’lovchi tuyg’u, balki butun bir olamni go’zallik va mehr bilan boyitadigan mo’jizadir. Sevgi haqida sherlar esa bu eng yorqin tuyg’ularni ifodalovchi vositadir.
Muhabbat esa shunchaki bir hissiyot emas, balki insonni hayotning turli sinovlariga bardosh bera oladigan kuchli iroda va sadoqatga chorlovchi qudratli hayotiy tamoyildir. Shoirlar asrlar davomida sevgi haqida misralar bitib, qalbda qoldirgan iztirob va quvonchlarni she’riyat orqali so’zga aylantirishgan. Ularning ijodi bizga sevgi qanday yuksak va mukammal tuyg’u ekanini his qilishga yordam beradi.
Ushbu maqolada sevgi va muhabbat haqida to‘plangan she’rlarning sehrli dunyosiga nazar tashlaymiz va ularning go‘zal mazmunini birgalikda his qilamiz.
Sensan sevarim
Sensan sevarim, xohi inon, xohi inonma,
Qondur jigarim, xohi inon, xohi inonma.
G’am shomi firoqingda kabob etti falakni
Ohi saharim, xohi inon, xohi inonma.
Nogah sari zulfung sori bo’ldum sanga moyil,
Ey toji sarim, xohi inon, xohi inonma.
La’ling g’amidin ko’nglum erur g’uncha kibi qon,
Gulbargi tarim, xohi inon, xohi inonma.
Zahri g’ami hajring meni o’ldurg’ali yetti,
Ey labshakarim, xohi inon, xohi inonma.
Mashrab, bo’lubon ko’yinga chun barqi tajalli,
Qolmay asarim, xohi inon, xohi inonma.
Mashrab
O’rtar
Agar oshiqlig’im aytsam, kuyub jonu jahon o’rtar,
Bu ishq sirrin bayot etsam, taqi ul xonumon o’rtar.
Kishiga ishq o’tidin zarraye yetsa, bo’lur giryon,
Bo’lub besabru betoqat, yurak-bag’ri chunon o’rtar.
Nechuk toqat qilay, do’stlar, bu dard ila bo’lub hayron,
G’amim boshqa, alam boshqa, yuragimni fig’on o’rtar.
Meni bexonumon tinmay kuyub har dam firoqingda,
“Nigoro!” deb oting aytsamki, shavqingdin zabon o’rtar.
Qayu til birla, ey jono, sening vasfing bayon aylay,
Tilim lolu ko’zum giryon, so’ngaklarni nihon o’rtar.
Na qattig’ kun ekan, dilbar, visolingdin judo bo’lmoq,
Mening ohim o’tig’a bul zaminu osmon o’rtar.
Yurakda dardu g’am qat-qatki, menda qolmadi toqat,
Agar bu zarrasin bul vaqt desam, ishqi bayon o’rtar.
Bu dard ila xarob o’ldum, kelib holimni so’rmassan,
Unum chiqsa yurakdin, bu tanu jon, ustixon o’rtar.
Bu Mashrab dardini, jonoki, hech kim boshig’a solma,
Agar mahsharda oh ursam, bihishti jovidon o’rtar.
Mashrab
Uzoqdan turib
Ko‘zlari cho‘lpondek nozli sevgilim!
Ko‘zingga bir boqib, men sevdim seni.
Xayoling eslarkan qonaydi dilim,
Yolboray, go‘zalim, unutma meni!
Daryolar singari ko‘nglim jo‘shqindi,
Bir tola soching-la bog‘lanib qoldi.
Vaslingga yetganim na go‘zal kundi,
Ayriliq siynamga yong‘inlar soldi.
Xayoldek yo‘qoldi yayragan chog‘lar…
Darding-la so‘narkan, qora sho‘x ko‘zim.
Seni erkalaydi dengiz, qirg‘oqlar,
Ko‘zlari cho‘lpondek nozli sevgilim!
Oybek
Muhabbat
Muhabbat, ey go‘zal iztirob,
Ey ko‘hna dard, ey ko‘hna tuyg‘u.
Ko‘kragimga qo‘lingni tirab,
Yuragimni to‘kib qo‘yding-ku.
Qancha ko‘zlar menga zor edi,
Na g‘am, na anduhim bor edi.
Qushday yengil ruhim bor edi,
Chok-chokidan so‘kib qo‘yding-ku.
Ne qilarding menga tegib sen,
Yengilmagan edim — yengib sen,
Boshlarimni yerga egib sen,
Qomatimni bukib qo‘yding-ku.
Sen men uchun bir xayol eding,
Yaxshi bor yo yaxshi qol eding.
Jon kerakmi — mana ol endi,
Qiynar bo‘lsang qiynab to‘yding-ku.
Bilmam, nima edi maqsading:
Menga bir juft guling asrading,
Birin otin Kumush atading,
Birin ismin Zaynab qo‘yding-ku.
Muhabbat, ey go‘zal iztirob,
Ko‘chang kezdim sarson, dovdirab,
Yuzlarimga yuzlaring tirab,
Ko‘zlarimni boylab qo‘yding-ku!..
Muhammad Yusuf
Zebi, Zebi…
Suzilma oy osmonda,
Sendan to‘lin yuzlar bor.
Surxon degan tomonda
Oydan oydin qizlar bor.
Zebi deyman, Zebona,
Ishqingda men devona,
Bolalikda do‘st qizlar,
Bo‘yga yetgach — begona!..
Chog‘im yetmas chog‘lasam,
Oftob erir taftidan.
Kechagina xohlasam,
Suv ichardim kaftidan.
Zebi derdim, Zebona,
Ishqingda men devona.
Bolalikda do‘st qizlar,
Bo‘yga yetgach begona...
Na u menga elandi,
Na men unga qayrildim.
Do‘stim unga uylandi,
Do‘stimdan ham ayrildim.
Zebi dedim, Zebona,
Sevganim sen yagona.
Bolalikda sog‘ qizlar
Bo‘yga yetgach — devona!.
Muhammad Yusuf
Men uchun ham o`zingni asra
Sevdim degan so`zingni asra,
Meni kutgan ko`zingni asra,
Seni topgum, yoningga borgum,
Men uchun ham o`zingni asra.
Asra, dilda muxabbatingni,
Asra menga ko`ngil xatingni,
Menga atab hamma gapingni,
Men uchun ham o`zingni asra.
Ko`ksingdan otilsa ming faryod,
Seni ko`p yig`latsa bu hayot,
Sabr qil, topmasang bir najot,
Men uchun ham o`zingni asra.
Sinab bir bor va`dalar kuchin,
Dildan olmay xatolar o`chin,
O`rtada sof sevgimiz uchun,
Men uchun ham o`zingni asra.
Uzun yillar kitobin yopgum,
Bir kun yig`lab izlaring o`pgum,
Bir kun seni baribir topgum,
Men uchun ham o`zingni asra.
Yurakka in qurmayin qayg`u,
Hayotingga solmagin og`u,
Sendan bitta iltimosim shu,
Men uchun ham o`zingni asra.
To`ldir jonim, qalbingni nurdan,
Go`zal bo`lsin tunlaring kundan,
Sevsang agar Ahadni chindan,
Men uchun ham o`zingni asra.
Ahad Qayum
Sevgi nima!
Sevgi nima sevgi sir
Ochilmagan g‘unchadir.
Chiroyi qancha bo‘lsa
Tikoni ham shunchadir.
Sevgi nima sevgi gul
Gulki tengsiz iforda.
Bir bora ochilar ul
Topmaysan har bahorda.
Sevgi nima sevgi nay
Navo sexrin tuyasan.
Kuylashi uchun atay
Yurak bag‘rin o‘yasan.
Sevgi nima sevgi kuy
Uddalagan chaladi.
Zavq berar-u bilib qo‘y
Aqlu xushing oladi.
Sevgi nima sevgi qush
Tutsang birga uchasan.
Yashaysan go‘yo bir tush
Kunduz oyni quchasan.
Sevgi nima sevgi tush
Ishonsang o‘ngi kelar.
Erishasan etar xush
Chindan izlasang agar.
Sevgi nima sevgi o‘t
O‘ynashma, kuydiradi.
Yo yarming qiladi but
Yo jondan to‘ydiradi.
Sevgi nima sevgi suv
Chanqog‘ingga qonasan.
Qafasda xam turmas u
Kaftingda tutolasan.
Sevgi nima sevgi tosh
Kimga olmos kimga dur.
Bahosin bil, qil bardosh
Bahting kulgani shudir.
Sevgi nima sevgi gil
Kimdir toptab o‘tadi.
Kimning esa qo‘li gul
Bino barpo etadi.
Sevgi nima sevgi mil
Baxt tomon ko‘rsatar yo‘l.
Taqdiring qo‘lingda bil,
Faqat to‘g‘ri yo‘lda bo‘l.
Sevgi nima sevgi bol
Qilmagin uni uvol.
Me’yorini bilmasang
Seni etadi bexol.
Sevgi nima sevgi axd
U bilan qadaming shaxd.
Sevilish oliy ne’mat
Sevish o‘zi katta baxt.
Sevgi nima sevgi dard
Faqat yengoladi mard.
Asl sevgan yorining
Sha’niga yuqtirmas gard.
Sevgi nima sevgi sas
Xavo kabi ko‘rinmas.
Xayoting bo‘lar totli
U bilan olsang nafas.
Sevgi nima sevgi bor
Yo‘q degan o‘yga borma.
Agar uchratsang bir bor
Aslo qo‘yib yuborma.
Sevgi nima sevgi sen
Sevgi nima sevgi men.
Topmadim deb kuyunma
Sevgi asli o‘zingsan.
Sevgi xayot mazmuni
Gar uni taniyolsang.
Baxtga eltadi seni
Qadriga yeta olsang.
Shahnoza Ro'zieva
Biz baxtli bo’lamiz
N. ga
Mayli-da, kimgadir
Yoqsa,
Yoqmasa,
Ularga qo‘shilib
Yig‘lasharmidik.
Biz baxtli bo‘lamiz
Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa
Uchrasharmidik...
Rayhon hidlaringni
Yo‘llarimga sep,
Kut meni,
Har oqshom,
Ko‘kka oy chiqqan.
Faqat,
Yig‘lamagin,
Gunohim ne deb,
Aybing —
Onang seni
Chiroyli tuqqan!..
Menga
Bir tabassum
Hadya et, ey yor,
Nur tomsin
Lablaring
Sohillaridan.
O‘zing ayt,
Senday qiz
Yana qayda bor,
Kipriklari uzun —
Kokillaridan?..
Iymanib yashama
Xayol pinjida,
Yoyil,
Yayra jonim,
O‘rtanma g‘amda.
G‘iybatlarga chida,
Tuhmatga chida,
Sen bittasan, axir,
Yorug‘ olamda.
Men esa
Oshig‘ing sening —
Eng g‘arib.
Tundan so‘z
Qarz olib,
Tongga tutguvchi.
Sening yoningda ham
Seni axtarib,
Sening yoningda ham
Seni kutguvchi.
Ista,
Tiz cho‘kaman
Hozir oldingda,
Sevdim,
Sevganimdan
Uyalmoq nechun.
Barcha farishtalar
Sening qalbingda
Ijarada turgan
Qizlar men uchun!..
Biz baxtli bo‘lamiz
Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa,
Uchrasharmidik?!
Muhammad Yusuf
SEVGI
O`n sakkizga kirmagan kim bor,
Bo`g`imgdan gul termagan kim bor.
Sen haqingda yozib to`rt satr,
Sirdoshiga asta ko`rsatib,
Qo`shni qizga bermagan kim bor.
Dastlab har kim qalam olgan on
Yonib seni kuylar begumon.
Maskan qurib har bir ko`ngildan,
Oshiqlarni qoldirib tildan,
Shoirlarni qilursan biyron.
Tushdim chog`i men ham domingga,
Ezgu hislar baxsh etding menga,
Hayotimga zar lavha bo`lding,
Ilk she'rimga sarlavha bo`lding,
Xayollarim ulfatdir senga.
Yuragimda his etdim qanot,
Tilsim kabi ochilur hayot,
Visoldagi damlarim shirin,
Hijrondagi g`amlarim shirin,
Kulib boqar menga koinot...
O`n sakkizga kirmagan kim bor,
Bog`ingdan gul termagan kim bor...
Erkin Vohidov
1959
Kimni etmas bu ko’ngil shaydo
Dunyo ekan...
Ishq degan savdo
Bormi faqat mening boshimda?!
Kimni etmas bu ko`ngil shaydo,
Kim she'r yozmas mening yoshimda?!
Sevgi ilk bor tushdi-yu qalbga
Hayotimning bo`ldi mazmuni.
U qo`limga tutqazib qalam,
Ko`zlarimdan oldi uyquni.
Oldi butun fikru xayolim,
Ketdi dildan orom, halovat.
Sevgi butun borimni olib,
She'r zavqini qoldirdi faqat.
Borliq olam ko`zimga ming-ming
Go`zallikka to`lib ko`rindi.
Gullar menga oshiq bulbulning
She'r daftari bo`lib ko`rindi...
Ayb etmangiz,
Do`stlar, bu savdo
Bormi faqat mening boshimda?
Kimni etmas bu ko`ngil shaydo,
Kim she'r yozmas mening yoshimda?!
Erkin Vohidov
1961
Sevgini unutamiz!
Ozor berib ko‘p og‘ritdik ko‘nglimizni,
Vafo nima bilmay jafolar yutamiz.
Bir kun ishq uvoli urar ikkimizni,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.
Ahir mensiz yashay olasan bu ayon,
Men ham sensiz yosholaman etmay bayon.
Bizlar birga bo‘la olmaymiz hech qachon,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.
Har kun janjal har kun achchiq so‘zlar bilan,
Ko‘nglimizni bir-biridan sovutamiz.
Bizga baxtli bo‘lmoq qismat emas ekan,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.
Bir kun baribir sevgimiz topar barham,
Bir-birimiz tushunmasdan har kun janjal.
Bizga g‘ururimiz ustun sevgimizdan,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.
O‘rtamizga qo‘yib shartlar qo‘yib qoida,
Ayb topamiz doim arzimagan joydan.
Bir-birimiz aldashdan ayt nima foyda,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.
Bilmaysanda pinhon yig‘lab ko‘zyosh yutdim,
Bir kun bari yaxshi bo‘lar diya kutdim.
Sabrim sindi tushun meni charchab ketdim,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.
Nuqta qo‘yaylik bariga yaxshi bo‘lar,
Balki dillar bu qarorga qarshi bo‘lar.
Bugun bas qilaylik ertaga kech bo‘lar,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutaylik.
So‘nggi so‘zim shudir senga baxtli bo‘lgin,
Mendan ololmagan mehr baxtni ko‘rgin.
Faqat sendan bittagina o‘tinchim,
Komolani har zamonda eslab turgin.
Tushlarimga kir
Kapalakday kelib,
Qoshingga qo‘nib,
Ko‘zingga termulib umrim o‘tsaydi...
Nima ham ko‘ribman men yigit bo‘lib?
Sochingni silashga qo‘lim yetmaydi.
Peshonam shu ekan, peshonang shudir,
Tushimga kir endi, tushlarimga kir.
Tovoning o‘padi ariqdagi suv,
Ko‘ylaging etagin o‘padi maysa.
Men-chi, bir giyohcha bo‘lolmadim-ku,
Ey, ko‘zlari jayron, kiprigi nayza!
Peshonam shu ekan, peshonang shudir,
Tushimga kir jonim, tushlarimga kir.
Ko‘chib borayotir bu umr — karvon,
Kunlarning bo‘ynida yurak qo‘ng‘iroq.
Men senga armonu sen menga armon,
Ko‘nglimning to‘rida tutar shamchiroq.
Peshonam shu ekan, peshonang shudir,
Tushimga kir jonim, tushlarimga kir...
Kapalakday kelib, qoshingga qo‘nib,
Ko‘zingga termulib umrim o‘tsaydi.
Qoldingu bag‘rimda jonimdek bo‘lib,
Sochingni silashga qo‘lim yetmaydi.
Peshonam shu ekan, peshonang shudir,
Tushimga kir jonim, tushlarimga kir...
Yo’qotgim kelmas
Xayolda yuzlaring suratin chizdim,
Ishqning bog‘larini sen bilan kezdim.
O‘shanda muhabbat neligin bildim,
Men seni yo‘qotgim kelmas hech qachon.
Ko‘zlaring ko‘zimga tushganda nogox,
Sen meni bir sirdan etarding ogox.
Sensiz yasholmayman so‘zimga ishon,
Men seni yo‘qotgim kelmas hech qachon.
Seni deb yashayman ikki dunyoda,
Faqat sen yashaysan mitti yurakda.
Baxtimga doimo bo‘lgin sen omon,
Men seni yo‘qotgim kelmas hech qachon.
Shamshodning bog‘ida gullagan gulsan,
Durlarning ichida durdona sensan.
Bog‘bonu zargarga bermasman ishon,
Men seni yo‘qotgim kelmas hech qachon.
Sevsang shunday sevki
Sevsang shunday sevki, so‘ramay-«chinmi?»
Isbot talab kilmay, bermay savollar.
Xijronlarga chidash aytgin kiyinmi,
Yoki kuttirganim kelarmi malol?
Sevsang shunday sevki toki xar inson.
Ishonsin muxabbat bor ekaniga.
Oshiq sinovga duch kelsa-da, xar on.
Suyganin yo‘liga zor ekaniga.
Sevsang shunday sevki, tashvishli onda
G‘amlarimni arit, dardim tortib ol.
Qarshimda bedor tur, ming xayajonda.
Ket degan chog‘da xam yonginamda qol.
Sevsang shunday sevki, ishonmay nechun,
Pokiza tuyg‘ular bo‘lsin, jamul-jam.
Shu qadar yonib sev… men ishqing uchun
Kechib yuborayin dunyolardan xam.
Sevsang shunday sevki…
Sevgim eslaysanmi hech
Tunlar uxlay olmay o‘ylayman seni,
Kunduz uchratolmay o‘ylayman seni.
Barcha she‘rlarimda so‘ylayman seni
Senchi, sevgim, eslaysanmi hech!
Hayol og‘ushi tinch qo‘ymaydi inim
Chaqirsa eshitmay qolaman singlim.
Seni unutolmay bezovta ko‘nglim
Senchi, sevgim, izlaysanmi hech!
Balki bu hayotning menga sinovi
Balki xatodir — bu qilgan tanlovim.
Kimlardir buning chun sochar olovin
Senchi, sevgim, yonganmisan hech!
Sevdimu sevilmay, bo‘ldim ovora
Masofamiz uzoqlashib borar tobora
Seni unutolmay yurak ming pora
Senchi, sevgim, suyganmisan hech!
Nega? Aytgin sen mendan yiroq
Nechun meni qiynaydi firoq.
Sevamanu, bilmayman biroq
Senchi, sevgim, sevganmisan hech!
Bo‘ldi! Bu mening qat‘iy qarorim
Jim chidab yurishdan bitdi madorim
Senikidir bilgin borlig‘im, borim
Senku, sevgim, bo‘lajak yorim!!!
Muhabbat
Muhabbat — chiroyli kapalak,
qo‘rqaman sho‘rlikni tutgani.
Kapalak quvganim yodimda,
yodimda yo‘q ammo yetganim.
Yuragim ranjigan boladay
na ermak, taskinga ko‘nadi.
Muhabbat — chiroyli kapalak,
hali ham gullarga qo‘nadi.
Ortidan halloslab chopaman,
xijolat bo‘laman g‘o‘rlikdan —
qanchalik yugurmay, baribir
orqada qolardim sho‘rlikdan.
Shavkat Rahmon
Sevib qolsangiz
Ko‘nglingizni so‘rab olardim,
Olib kelgan gulim olsangiz.
Ishoning men baxtli bo‘lardim,
Agar meni sevib qolsangiz.
Baxtlilardan baxtli qilardim,
Hayotimga kirib kelsangiz.
Qo‘lingizdan mahkam tutardim,
Agar meni sevib qolsangiz.
Baxt uzugin tanlab olardim,
Yuragimga umid bersangiz.
Dunyolarga sig‘may qolardim,
Agar meni sevib qolsangiz.
Baxt qasriga olib borardim,
Bir jilmayib kulib qo‘ysangiz.
Dardingizni doyim olardim,
Agar meni sevib qolsangiz.
Men sevgida axtli bo‘lardim,
Sevgi cho‘g‘in qalbga solsangiz.
Ishoning men baxtli bo‘lardim
Agar meni sevib qolsangiz.
So‘zsiz sevgi
Muxabbating bo‘g‘zim ko‘ydirguvchi cho‘g‘,
Bir seni o‘ylasam olam bo‘lar yo‘q,
Ishqing yuragimga sanchib singan o‘q,
Men seni sevaman demay sevaman.
Suygan bandasiga ishq nasib etgan,
Sevgi dostonlari ko‘p dong‘i ketgan,
Netay peshonamga shundayi bitgan,
Men seni sevaman demay sevaman.
Vujudimni o‘rtar ishq olov yoqib,
Alam tish qayraydi, eshigim qoqib,
Azoblardan qutqar bir qiyo boqib,
Men seni sevaman demay sevaman.
Sen tabassum qilsang kulganim o‘sha,
Chegarasiz baxtga to‘lganim o‘sha,
Agar ko‘ngling qolsa o‘lganim o‘sha,
Men seni sevaman demay sevaman.
Sen bilan go‘zaldir daqiqa, onim,
Boqishi umrimga ko‘rk bergan jonim,
Sevaman demoqqa yo‘qdir zabonim,
Men seni sevaman demay sevaman.
Sevib bo‘lmaydi
Go‘zallar bor sevaman degan,
Kami borday ko‘nglim to‘lmaydi.
Kimga yolg‘on kimga chin sevgi,
Ikki martta sevib bo‘lmaydi.
Ohu misol ko‘zlardan kechib,
Qalbga yaqin so‘zlardan kechib,
Armon bo‘lgan sevgidan qochib,
Ikki martta sevib bo‘lmaydi.
Boshing toshga urib ko‘r mayli,
Harakating foyda bermaydi.
Hayolingda o‘sha bir layli,
Ikki martta sevib bo‘lmaydi.
O‘zing kulib yurganing bilan,
Qalbing aslo yayrab kulmaydi.
Yurak urib turgani bilan,
Ikki martta sevib bo‘lmaydi.
Garchi sevsang o‘yla o‘zingni,
Ilk sevgida vafo bo‘lmaydi.
Unutmagin Qodir so‘zini,
Ikki martta sevib bo‘lmaydi.
Sevib qolsangiz
Ko‘nglingizni so‘rab olardim,
Olib kelgan gulim olsangiz.
Ishoning men baxtli bo‘lardim,
Agar meni sevib qolsangiz.
Baxtlilardan baxtli qilardim,
Hayotimga kirib kelsangiz.
Qo‘lingizdan mahkam tutardim,
Agar meni sevib qolsangiz.
Baxt uzugin tanlab olardim,
Yuragimga umid bersangiz.
Dunyolarga sig‘may qolardim,
Agar meni sevib qolsangiz.
Baxt qasriga olib borardim,
Bir jilmayib kulib qo‘ysangiz.
Dardingizni doyim olardim,
Agar meni sevib qolsangiz.
Men sevgida axtli bo‘lardim,
Sevgi cho‘g‘in qalbga solsangiz.
Ishoning men baxtli bo‘lardim
Agar meni sevib qolsangiz.
Sevgi qismati
Bolalik yillarim o‘tdi qanday sho‘x.
Begubor chexralar pokiza qalblar.
Eslasam qalbimni o‘rtaydi armon.
Qiynaydi yurakni otashin dardlar.
Malikayu shoxlar chiroylik ertak.
Bobomning so‘zlari ko‘chmagan tildan.
Jajji yurakka oyilgan bu isim.
Yillar o‘tsa hamki o‘chmagan dildan.
Sochlaring tortardim o‘ynab qo‘llarin.
Yoqardi u menga o‘yinchoqlardan.
Ko‘zlari tim qora kulib qo‘yardi.
Nigohi avzaldek ovunchoqlardan.
Bog‘chayu so‘ng maktab keldi kollej ham.
O‘rganib qolibmiz bir birimizga.
Do‘stlikdan boshlandi bizning sevgimiz.
Bor umidla boqardik baxtimizga.
Quvonchlar so‘ngi ham kelib qarshimga.
Ayirdi bizlarni solib kulfatga.
Go‘zalim yuragi hasta dedilar.
Bir onda mozorsiz ko‘mib g‘aflatga.
Qo‘limdan kelmaydi hech bir chora ham.
Ollohdan so‘rayman umirlar tilab.
Yolg‘ondan so‘zlayman bu menga og‘ir.
Qo‘yaman gohida gulimni siylab.
Gulimni yo‘qotdim dunyoda biroq.
Yashaydi qalbimda hamisha baxor.
Sevganim o‘zingsan shunday qolasan.
Birgamiz ayrildik dema aslo yor.
Sensizlikka o’ganib qoldim
Sen yo’q sensizlikka o’rganib qoldim,
Ungacha ayriliq o’tida yondim.
Hammadan, hattoki o’zimdan toldim,
Endi sensizlikka o’rganib qoldim.
Lek hamon yolg’izman yo’qsan yonimda,
Misli bir azobsan yarim jonimda.
Endi iloji yo’q qaytish yoninga,
Sen yo’q sensizlikka o’rganib qoldim.
Endi faqat va’dalaring qiynar meni,
Sog’inaman har erta tong o’ylab seni.
Tashlab ketding, o’ylamading jonim meni,
Yolg’izginam, sensizlikka o’rganib qoldim.
Seni jonim, dunyolarga alishmasdim,
Sendan boshqa go’zallarni hech ko’rmasdim.
O’zga bilan ketishingni men bilmasdim,
Sen yo’q mana sensizlikka o’rganib qoldim.
Jonim, seni baxtga to’lib sevgandim,
Allox guvox chin dilimdan sevgandim.
Sevgimizni qadriga yetasan deb bilgandim,
Endi kechdir, sensizlikka o’rganib qoldim.
Mana bugun ajraldik biz ikki tomon,
Ko’rolmasdan sog’inaman seni yomon.
Endi senga qaytolmayman sevsamda hamon,
Sen yo’q sensizlikka o’rganib qoldim.
Yurak ham yolg’izlikka ko’na boshladi,
Menga aytgan so’zlaring ko’nglim g’ashladi.
Mendan ketmoqlikni ko’ngling hushladi,
Mayli ketgin, sensizlikka o’ganib qoldim.
Sevgi haqida sherlar to’plami