Vatan – ijod ahli uchun yuragiga eng yaqin, juda muhim va doimiy mavzu. Vatan haqida sherlar O’zbek adabiyoti tarixida vatanidan judo bo’lib, ayriliqda yashagan shoirlarning xijron motivida yozgan uchraydi. ХХ asr o’zbek adabiyotida esa, yurtning go’zal tabiatini, osmono’par tog’larini, dala-dashtlarini, bepoyon qirlarini, bebaho ma’danlarini, umuman, O’zbekistonni madh etgan she’rlar ko’p yozildi. Tabiiyki, bu muazzam va muqaddas Vatan borlig’i faqat moddiy ne’matlardangina iborat emas. Abdulla Oripov bir she’rida:
«Yurtim, seni faqat boyliklaring-chun
Sevgan farzand bo’lsa, kechirma aslo!»
deb bejiz xitob qilmaydi. Zotan, bu ko ‘hna zaminda O’zbekistonning ma’naviy muhitini, ob-havosini, shon-sha rafini, shuhratini dunyoga tanitib turgan, eng muhimi, Vatan timsoliga aylangan ulug’ siymolari bor. Bu ulug’ nomlar yurtning tarixiy sahifalarini bezaydi. Tabiiyki, ular orasida jahon ilm-faniga, ma’naviyat va adabiyot xazinasiga ulkan hissa qo’shganlari, Erkin Vohidov ta’biri bilan aytganda, «sirli olam toqiga ilk» narvon qo’ygani ham, «she’riyat mulkida shohu sulton» bo’lgani ham, dushmanlarga qarshi «ko’ksi qalqon» vatanparvarlari ham mavjuddir. O’z vaqtida Vatan ozodligi, hurligi va erki ramziy ravishda shoirlar ijodining asos-negiziga joylandi.
ONA VATAN HAQIDA SHERLAR TO’PLAMI
CHO’LPON (1897-1938)
Bizning Vatan
Yer yuzinda o'zga bir olam erur bizning vatan, Boshqa har bir o'lkadan keng, har diyordan kattakon. Har tomondan yuksalish soriga tasblab zo'r qadam, Dashtu sahrosi aning gul-gul ochilmishdir chaman! Daryosi, avvalgidek, yerdan olib qochmas o'zin, Chunki poyiga aning mahkam urilmishdir kishan. Munda mehnat - hurlik olgan, barcha mehnat ahli - hur! Кimki mehnat qilsa - quvnoq, kimki mehnat qilsa - shan! Fan bilan mehnat ikkovlon qo'l berishgan, ittifoq, Erkin-erkin yayrashib ijod etar mehnat va fan! Yangi jamiyat qurib dunyoga o'mak bo'lgali, Barcha mehnat abli birga, hamma bir jon, bir badan! Bu vatanni jon bilan saqlashga, Cho'lpon, hozir o'l, Кimki qasd etsa anga, kiysin pushaymondin kafan!..
Xalq
Xalq dengizdir, Xalq to'lqindir, Xalq kuchdir, Xalq isyondir, Xalq olovdir, Xalq o'chdir ... Xalq qo'zg'alsa kuch yo'qdurkim, to'xtatsun, Quvvat yo'qkim, xalq istagin yo'q etsun... Xalq isyoni saltanatni yo'q qildi, Xalq istadi: toj va taxtlar yiqildi... Xalq istagi: ozod bo'lsin bu o'lka, Ketsin uning boshidagi ko'lanka, Bir qo'zg'alur, bir ko'pirar, bir qaynar, Bir intilur, bir hovliqar, bir о'ynar. Yo'qlikni-da, ochlikni-da yo'q etar. O'z yurtini har narsaga to'q etar... Butun kuchni xalq ichidan olaylik, Quchoq ochib xalq ichiga boraylik!
GA’FUR G’ULOM (1903-1966)
Bilib qo’yki, Seni vatan kutadi
Sen bu kun sinfda shod yurak bilan Sinov navbatini kutib turasan. A'lo mamlakatning a'lo farzandi, Bilib qo'yki, seni Vatan kutadi! Globusda bо'lgan har kichik nuqta Millionlab qondoshga Vatan albatta. Baxtiyor xalqimiz yashar abadiy, Bilib qo'yki, seni Vatan kutadi! Jabrda masala qo'sh muammodir. Xuddi shunda bir ulug' qurilish jodir. Sen katta muhandis ertami, indin, Bilib qo'yki, seni Vatan kutadi! She'rdir, lirika, balki oddiy til, Xalqlarning tillari bir xil emas, bil! Diplomat bo'larsan, shu bukun, endi, Bilib qo'yki, seni Vatan kutadi! Fanlar ko'р, fanlar bor о'rganishga kuch: Yerda yur, suvda suz, osmon uzra uch, Hammasidan a'lo, barchadan oldin, Bilib qo'yki, seni Vatan kutadi! O'tmishni o'rgansang, kelajak porloq, Tarixning ibrati уо'lingda charoq. A'lo mamlakatning a'lo farzandi, Bilib qo'yki, seni Vatan kutadi!
Sizniki
Eh-he…
Umringizda yuztalab yoz bor,
Hali qo'l tegmagan gullar sizniki.
Shafaqlar poyandoz: muttasil bahor,
Yoz-u kuz barisi sizniki, chunki:
Porloq kelajakning o'zi sizniki!
Ahmad qildi gilosin olchaga payvand,
Ali o'z nayiga o'ymoqda g'arov:
Hammangiz Vatan deb o'qish,
ishga band, Qilig'ingiz o'zi bariga garov.
Shular o'zi sizsiz, bari sizniki!
Kechalar telmirib ko'kka qaraysiz,
Rang-barang yulduzlar uchganday bo'lar…
Ikki yil burungi a'lochi bir qiz
Yulduzday uchadi hatto kechalar…
O'sha sizsiz, bari sizniki!
Olamning o'zi ham kattakon kitob,
Falsafiy umrlar unda bir роуа…
Dam oling: Chimyonmi, mayli, Arslonbob,
Boshingizga archalar tasblarkan soya -
Bilingki, shu Vatan bari sizniki!
Вirinchi sentabr: pok-u tetik, sog',
A'lochi farzanddan sevinar ko'zim!
Sizga topshirildi shu shahar, shu bog'
Yuragimga ham buyurgan o'ziz
Barisi, barisi, bari sizniki!
OYBEK (1905-1968)
Bir o’lkaki
Bir o'lkaki, tuprog'ida oltin gullaydi,
Bir о'lkaki, qisblarida shivillar bahor.
Bir o'lkaki, sal ko'nnasa, quyosh sog'inar...
Bir o'lkaki, g'ayratidan asari chaqnar.
Baxt toshini chaqib, bunda kuch guvullaydi...
Qishlog’imni eslarkan
Tevaragi ko'm-ko'k o'tloq,
Tabiati juda quvnoq.
Totli, yumshoq havosi-la
Na go'zaldi kichik qishloq.
Ко'klarinda qusblar uchar,
Nag'malari ko'ngil quchar.
Tong otarkan, qizil chechak
Bir qiz kabi kulib chiqar.
Bulutlarga yetgan tog'lar,
Кichik-kichik yashil bog'lar.
Xayolimda jilvalanur
Qishloqdagi totli chog'lar.
Оу, yulduzli kumush tunlar,
Qani nozik g'uncha-gullar?
Unutilmas iz qoldirmish
Qishloqdagi porloq kunlar.
Na’matak
Nafis chayqaladi bir tup na'matak
Yuksakda, shamolning belanchagida,
Quyoshga ko'tarib bir savat oq gul,
Viqor-la o'shshaygan qoya labida,
Nafis chayqaladi bir tup na'matak...
Mayin raqsiga hech qoniqmas ko'ngil,
Vahshiy tosblarga ham u berar fusun.
So'nmaydi yuzida yorqin tabassum
Yanoqlarni tutib oltin bo'sa-chun,
Quyoshga tutadi bir savat oq gul!
Poyida yig'laydi kumush qor yum-yum...
Nafis chayqaladi bir tup na'matak...
Shamol injularni separ chashmadak
Boshida bir savat oq yulduz - chechak,
Nozik salomlari naqadar ma'sum!
Tog'lar havosining firuzasidan
Mayin tovlanadi butun niholi.
Vahshiy qoyalarning ajib ijodi:
Yuksakda raqs etar bir tup na'matak,
Quyoshga bir savat gul tutib xursand!
Yer
Ko'ksimdagi sevinch shuncha zo'r,
Dumalaymen maysada tanho.
Goh tentirab ketamen uzoq,
Yerni quchib o'pamen goho...
Qir, tepalar, adirlar chaman,
Ко'klam yoygan har yerda gilam.
Oltinlangan xushyoqar havo,
Sho'х, mast shamol tinmaydi birdam
Tumalarning qop-qora ipi
Jilpoqlanib ko'kda so'nar jim.
Ot kishnashi husn dalaga,
Guvillaydi soyda suv lim-lim...
Tanho kezib, miriqib dumalab,
Sog'inch bilan yerni o'paman.
Deyman: ko'p soz mehrli ona,
Quchog'ingga bir kun qaytaman...
HAMID OLIMJON (1909-1944)
O’lka
Men dunyoga kelgan kundanoq
Vatanim deb seni, uyg'ondim
Odam baxti birgina senda
Bo'luriga mukammal qondim.
Qulog'imga noming kirganda
Qumlik kabi tashna boqurman,
Sening jannat vodiylaringdan
Nahrlarday to'lib oqurman.
Bilsinlarkim yo'ldoshim bo'lmas
Ko'zda yoshi bilan kulganlar,
Tillari bor, o'zlari hayot
Lekin yurak-bag'ri o'lganlar.
Har aytganing buyuk jangnoma,
Qayga desang qaytmay keturman,
Ko'zlarimni yummasman aslo -
Daryo kabi uyg'oq o'turman.
O’zbekiston
Vodiylami yayov kezganda,
Bir ajib his bor edi menda.
Chappar urib gullagan bog'in,
O'par edim Vatan tuprog'in.
Odamlardan tinglab hikoya
O'sar edi shoirda g'oya.
Daryolardan kuylab о'tardim
Ertaklarga quloq tutardim.
Hammasini tinglardiщ ammo,
O'xshashini topmasdim, aslo.
* * *
O'xshashi yo'q bu go'zal bo'ston,
Dostonlarda bitgan guliston.
O'zbekiston deya atalur,
Uni sevib el tilga olur.
Chiroylidur go'уо yosh kelin,
Ikki daryo yuvar kokilin.
Qorli tog'lar turar boshida,
Gul vodiylar yashnar qoshida.
Chor atrofga yoyganda gilam
Aslo yo'qdir bundayin ko'klam.
Tog'lardagi qip-qizil lola
Bo'lib go'yo yoqut piyola,
Buloqlardan uzatadi suv,
El ko'zidan qochadi uyqu.
Dalalarda bosblanadi ish,
Bosblanadi ijod va turmush.
Kundan kunga o'sadi paxta,
Вarg chiqadi har bir daraxtda,
Olmazorlar gulin to'kadi,
Meva bog'lab shoxin bukadi.
Shaharlarda ishga chiqib el,
Odam bilan to'lar Tekstil.
Hammasining bir istagi bor
Hammasi ham xursand, baxtiyor.
Bu o'lkada har narsa bordir,
Ко'rmaganlar doim xumordir.
Amu bilan Sirdan suv ichgan,
Zarat'shonni loylatib kechgan
Chavandozlar bordir bu elda.
Bahor chog'i pishqirgan selda
Arg'umoqlar qo'shig'i bordir,
Bu shundayin ajib diyordir.
Dalasida o'smas tikonlar,
Cho 'llarida chopmas ilonlar.
Qush uchganda kuymas qanoti,
Odam o'tsa qurimas zoti.
Chanqov qolib yo'lovchi o'lmas,
Har burchakda boshkesar bо'lmas.
Kulbalarni kelib bosmas qum
Go'daklarni yutmas och o'lim.
Odamga baxt va tole yordir.
Bu shundayin ajib diyordir.
* * *
Bunda bulbul kitob o'qiydi,
Bunda qurtlar ipak to'qiydi,
Bunda ari keltiradi bol,
Bunda qushlar topadi iqbol,
Bunda qoming taglarida qish,
Bahor uchun so'ylaydi olqish.
Bir о'lkaki husnga boydir,
Uning eng zo'r ko'zgusi oydir.
Bir parcha о't bо'lib bunda kun
Paxtasiga ishlaydi har kun.
Botirlari kanal qazadi,
Shoirlari g'azal yozadi,
Kuychilari o'qiydi yalla,
Juvonlari aytadi alla.
Pazandasi yopadi shinnon,
Qarilari kutadi mehmon.
Bu shundayin ajib diyordir...
* * *
Shunday о'lka doim bor bо'lsin,
Shunday о'lka elga yor bо'lsin.
Omon bo'lsin og'aynilari
Omon bo'lsin do'stlaming bari.
Doim bo'lsin o'lkasi omon,
Shunday bo'lsin bu butun jahon.
* * *
Shaftolizor bog'lami ko'rdim
Gul ko'kargan tog'lami ko'rdim.
Mehr qo'yib о'pgan sari oq,
Oppoq bo'ldi bu aziz tuproq.
Vodiylarni yayov kezganda,
Bir ajib his bor edi manda...
MIRTEMIR (1910-1978)
O’zbekistonsan
Men baxt borasida so'ylamoqchiydim
Quvnoq bir qasida kuylamoqchiydim
Erta va bugunni o'ylamoqchiydim
Ertak kabi bir to'y to'ylamoqchiydim.
Ko'zlarim o'ngida sen namoyonsan,
Sen axir o'shasan, asriy armonsan,
О' zbekistonsan.
Mehnat o'g'lisan-da, yuraging sog'dir,
Kunchilar yil sayin tajang va dog'dir.
Har qadaming jannat, bog'chadir, bog'dir,
Kechalaring doim lak-lak chirog'dir.
Sen yovga shaddod-u, do'stga armonsan,
Sendan xatar yiroq, dorilamonsan,
О' zbekistonsan.
Ne-ne mo'l xazina hukmi qo'lingda,
Qutlug' yil qo'shig'i bog'-u cho'lingda.
Oltining, ipaging o'ng-u so'lingda,
Ne-ne ellar shaydo sening yo'lingda
Mevasan, sharobsan, suvsan va nonsan,
Mehri qo'shadaryo, bag'ri ummonsan,
О' zbekistonsan.
VATAN HAQIDA SHERLAR TARIFI
Nafaqat o’zbek, balki jahon adabiyoti tarixida vatan haqida she’rlar yozmagan shoir kamdan kam topiladi. Albatta, ularning badiiу saviyasi, ta’sir quvvati, yuraklardan joy olishi turlicha. Ayrim holatlarda shoir «Vatan» so’zini she’rida biror marta qo’llamasdan ham el-yurtiga mehrini izhor qilishi mumkin. Ba’zan ayni so’zning o’rinsiz takrori she’riyat muxlislarining ixlosini qaytaradi. Har kim Vatanni o’zicha tushunadi, o’zicha suyadi, sog’inadi, o’zicha kuylaydi; Vatani bilan faxrlanadi – oddiy bedapoyasini qadimiy Rimga alishmaydi. Sadoqatini bayon etadi (M.Yusuf). O’z tuprog’idan, gulidan, gulistoni-bo ‘stonidan, oshiyoni-dilistonidan ajralgan bulbulning mungli fig’oni t”alakka chiqadi. Odamning o’z yurtiga mehr-muhabbati yoki ayriliq sog’inchi ana shunday an’anaviy obrazlarda ham ifoda qilinadi.
She’ riyatdagi Vatan haqidagi badiiy so ‘z shoir tabiatiga, ruhiyatiga, dunyoni anglashi va anglatishiga daxldor so’zdir. Ко’pincha shoirning о’zligi, ichki «men»i bilan tashqi ijtimoiy muhit bitta lirik obrazda jamlanadi. Vatan unda namoyon bо ‘ladi va, aksincha, shoirning o’z dunyosi yoki yaratgan qahramoni Vatan timsoliga aylanadi. Ba’zan ijodkor Vatanni ruh mundarijasidagi «qadimiy yozuv» yoki «ruhimda uyg’ongan ism» (I.Otamurod) tarzida o’z borlig’iga ko’chiradi…
Bahodir Karim
USMON NOSIR (1912-1944)
Yurak
Yurak, sensan mening sozim,
Tilimni nayga jo'r etding.
Ko'zimga oyni berkitding,
Yurak, sensan ishqibozim.
Senga tor keldi bu ko'krak,
Sevinching toshdi qirg'oqdan.
Tilim charchar, ajab, gohi
Seni tarjima qilmoqdan.
Sen еу, sen - о'ynoqi dilbar,
Zafardan izla yoringni.
To'lib qayna, toshib o'yna,
Tirikman, kuyla boringni! Itoat et!
Agar sendan
Vatan rozi emas bо'lsa,
Yoril, chaqmoqqa aylan sen,
Yoril! Mayli, tamom o'lsam!..
Bog’im
О, u qanday fusunkor!
Nur bilan to'lgan butun.
Gullari chaman-chaman,
Men ulami ichaman.
Ko'nglimda yashnar bahor...
Nur bilan to'lgan butun.
Bargdek uzilib ketsam.
Unutmas meni bog'im.
Ishimni hurmat qilur,
Gullardan haykal qurur,
Мing yillardan keyin ham
Unutmas meni bog'im!
She'rlarim yangrab qolur...
Bir umrga o'lmayman!
Hayotimning davomi -
Kelajagimga homiy,
O'mimga bog'bon bo'lur:
Bir umrga o'lmayman!
О, u qanday davomdor!
Nur bilan to'lgan butun.
Gullari chaman-chaman,
Men ularni ichaman.
Ko'nglimda yashnar bahor...
Nur bilan to'lgan butun.
SHUHRAT (1918-1995)
Ona yurtim
Rimni ko'rdim: ko'hna olam, har toshda
Aql mehri, qullik zahri mujassam.
Parij esa, ming tovlanib quyoshda,
Joziba-yu, nafosatni qilmish jam!
Yaponiya ajib o'lka, har giyoh,
Har qarich yer xuniga teng, rejada.
Tojmahalni ko'rganmisiz biror chog',
Kunduzdan ham chiroylidir kechada!
Yurtlar ko'rdim, daryo-ko'li behisob,
Yurtlar ko'rdim, tog'i - osmon ustuni.
Bittasini tark etmaydi hech oftob,
Bittasini yarim yildir har tuni!
Yana biri ... Xullas kalom har biri
O'z husniga maftun etar o'zgacha,
Shaydo etar dildan tortib ko'zgacha!
Har birining o'nta kitob ta'biri!
Anchasini ko'rdim, lekin barcha yurt
O'taversin ona yurtim oldidan!
Ona yurtim qanday go'zal va jo'mard,
Qanday aziz, bahodirsan, еу Vatan!
ERKIN VOHIDOV (1936)
Erkin Vohidov o’zbek shoirlari ichida o’zining betakror uslubi bilan ajralib turadi. Quyida uning vatan haqida sherlari.
Aziz vatandosh
Sen o'zni ko'p xokisor tutma,
Ojiz bandaman, deb egib yurma bosh.
Yurtning egasisan, zinhor unutma,
Sen o'zing davlatsan, aziz vatandosh.
Mustaqil, mo'tabar mamlakat - sensan,
Mamlakatda oliy mashvarat - sensan,
Xalqsan, hukumatsan, saltanat sensan,
Sen o'zing davlatsan, aziz vatandosh.
Panada turmoqning fursati emas,
Bu tuproq faqirlar turbati emas,
Sohib bo'l, davlatning murvati emas,
Sen o'zing davlatsan, aziz vatandosh.
G 'ayratsiz zotlarga zamonlar yomon,
Jasorat yo'q yerda yomonlar omon,
Davlat ne, mardona bo'lmasang qalqon,
Sen o'zing davlatsan, aziz vatandosh.
Diyonatli o'tgan nasl-u nasabing,
Nohaqlikka bardosh bermas asabing,
Keragida bo'lsin qahring, g'azabing,
Sen o'zing davlatsan aziz vatandosh.
Yurt farzandi asli o'zi yurt bo'lar,
Ko'zi chaqnoq bo'lar, qalbi o't bo'lar,
Qatorda nori bor Vatan but bо'lar,
Sen o'zing davlatsan, aziz vatandosh.
Bir nihol
Vatandosh, bog'ingga bir nihol qada,
Bu nihol nomini Yaxshilik ata.
Niholning yoniga bir gul ekib qo'у,
U gulning nomini Go'zallik deb qo'y.
Gul-u niholingga baxsh etib hayot,
Suv ber va bu suvga Mehr deb qo'у ot.
Sendan farzandingga bog' qolsin, еу do'st,
Bog'ing Vatan deya nom olsin, еу do'st.
O’zbegim
Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinhon, o'zbegim.
Senga tengdosh Pomir-u
Oqsoch Tiyonshon, o'zbegim.
So'ylasin Afrosiyob-u
So'ylasin O'rxun xati,
Ко'hna tarix shodasida
Bitta marjon, o'zbegim.
А1 Beruniy, А1 Xorazmiy,
А1 Forob avlodidan,
Asli nasli balki O'zluq,
Balki Tarxon, o'zbegim.
O'tdilar sho'rlik boshingdan
О'ynatib shamshirlarin
Necha qoon, necha sulton,
Necha ming xon, o'zbegim.
Tog'laring tegrangda go'yo
Bo'g'ma ajdar bo'ldi-yu,
Tkki daryo - ikki chashming,
Chashmi giryon, о'zbegim.
Qaysari Rum nayzasidan
Bag'rida dog' uzra dog',
Chingiz-u Botu tig'iga
Ko'ksi qalqon, o'zbegim.
Yog'di to'rt yondin asrlar
Boshingga tiyri kamon.
Umri qurbon, mulki toroj,
Yurti vayron, o'zbegim.
Davr zulmiga va lekin
Bir umr bosh egmading,
Sen - Muqanna, sarbador- sen,
Erksevar qon, o'zbegim.
Sen na zardusht, sen na buddiy,
Senga na otash, sanam,
Odamiylik dini birla
Toza imon, o'zbegim.
Ma'rifatning shu'lasiga
Talpinib zulmat aro,
Ko'zlaringda oqdi tunlar
Kavkabiston, o'zbegim.
Tuzdi-yu Mirzo Ulug'bek
Ko'ragoniy jadvalin,
Sirli osmon toqiga ilk -
Qo'ydi narvon, o'zbegim.
Mir Alisher na'rasiga
Aks-sado berdi jahon,
She'riyat mulkida bo'ldi
Shoh-u sulton, o'zbegim.
Ilm-u she'rda shoh-u sulton,
Lek taqdiriga qul,
O'z elida chekdi g'urbat,
Zor-u nolon, o'zbegim.
Mirzo Bobur - sen, fig'oning
Soldi olam uzra о't,
Shoh Mashrab qoni senda
Urdi tug'yon, o'zbegim.
She'riyatning gulshanida
So'ldi mahzun Nodira
Siym tanni yuvdi ko'z yosh,
Ko'mdi armon, o'zbegim.
Yig'ladi furqatda Furqat
Ham muqimlikda Muqiym
Nolishingdan Hindu Afg'on
Qildi afg'on, o'zbegim.
Tarixning bitmakka, xalqim
Mingta Firdavsiy kerak,
Chunki bir bor chekkan ohing
Mingta doston, o'zbegim.
Ortda qoldi ko'hna tarix,
Ortda qoldi dard, sitam.
Ketdi vahming, bitdi zahming,
Topdi darmon, o'zbegim.
Bo'ldi osmoning charog'on
Tole xurshidi bilan,
Bo'ldi asriy tiyra shoming
Shu'la afshon, o'zbegim.
Men Vatanni bog' deb aytsam
Sensan unda bitta gul,
Men Vatanni ko'z deb aytsam
Bitta mujgon, o'zbegim.
Faxr etarman, ona xalqim,
Ko'kragimni tog' qilib,
Ko'kragida tog' ko'targan
Tanti dehqon, o'zbegim.
O'zbegim deb keng jahonga
Ne uchun madh etmayin!
O'zligim bilmoqqa davrim
Berdi imkon, o'zbegim.
Men buyuk yurt o'g'lidurman,
Men bashar farzandiman,
Lek avval senga bо'lsam
Sodiq o'g'lon, o'zbegim.
Menga Pushkin bir jahon-u
Menga Bayron bir jahon,
Lek Navoiydek bobom bor
Ko'ksi osmon, o'zbegim.
Qayga bormay boshda do'ррim
G'oz yurarman, gerdayib,
Olam uzra nomi ketgan
O'zbekiston, o'zbegim.
Bu qasidam senga, xalqim
Oq sut-u tuz hurmati,
Erkin o'g'lingman, qabul et,
O'zbegim jon o'zbegim.
ABDULLAR ORIPOV (1941)
Abdulla Oripov O’zbekiston Respublikasi madhiyasi avtorining vatan haqida sherlari.
O’zbekiston
Yurtim, senga she'r bitdim bu kun
Qiyosingni topmadim aslo.
Shoirlar bor, о'z yurtin butun -
Olam aro atagan tanho.
Ular she'ri uchdi ko'p yiroq,
Qanotida kumush diyori,
Bir o'lka bor dunyoda, biroq
Bitilmagan dostondir bori:
Faqat ojiz qalamim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.
Yurmasman hech behishtni izlab,
Topolmasam chekmasman alam.
O'tirmasman ertaklar so'zlab,
Musallo deb yo'nmasman qalam.
Ко'klamingdan olib sururni,
Dovrug' soldi ustoz Olimjon,
G'afur G'ulom tuygan g'ururni
Qilmoq mumkin dunyoga doston.
Olis tarix qadamim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.
Kechmishing bor chindan ham uzoq,
Ilg'ay olmas barchasin ko'zim.
Maqtamasman moziyni biroq,
O'tmishingni o'ylayman bir zum.
Zabtga olib keng Osiyoni,
Bir zot chiqdi mag'rur, davongir,
Ikki asr yarim dunyoni
Zir qaqshatdi Buyuk jahongir.
Aytgum, bu kun, u manim, manim.
O'zbekiston, Vatanim manim.
Bobolardan so'z ketsa zinhor
Bir kalom bor gap avvalida.
Osmon ilmi tug'ilgan ilk bor
Ко'ragoniy jadvallarida.
Qotil qo'li qilich soldi mast,
Quyosh bо'lib uchdi tilla bosh.
Do'stlar, ko'kda yulduzlar emas,
U, Ulug'bek ko'zidagi yosh.
Yerda qolgan, о, tanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.
Ko'z oldimdan kechar asrlar,
Ko'z-ko'z yetib nuqs-u chiroyin.
Sarson o'tgan necha nasllar,
Topolmasdan tug'ilgan joyin.
Amerika - sehrli diyor
Uxlar edi Kolumb ham hali,
Dengiz ortin yoritdi ilk bor
Beruniyning aql mash' ali.
Kolumbda bor alamim manim
O'zbekiston, Vatanim manim.
Ко'р jahongir ko'rgan bu dunyo,
Hammasiga guvoh - yer osti.
Lekin, do'stlar, she'r ahli aro
Jahongiri kam bo'lar, rosti.
Besh asrkim, nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir sher.
Temur tig'i yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher.
Dunyo bo'ldi chamanim manim
O'zbekiston, Vatanim manim.
Bobolardan so'zladim, ammo
Bir zot borkim, baridan suyuk:
Buyuklarga baxsh yetgan daho,
Ona xalqim, o'zingsan buyuk.
Sen o'zingsan, eng so'nggi nonin
O'zi yemay o'g'liga tutgan.
Sen o'zingsan, farzandlar shonin
Asrlardan opichlab о'tgan.
Ona xalqim, jon-tanim manim
O'zbekiston, Vatanim manim.
Bosh ustingdan о'tdi ko'р zamon,
O'tdi Budda, o'tdi Zardushti.
Har uchragan nokas-u nodon,
Ona xalqim, yoqangdan tutdi.
Seni Chingiz g'azabga to'lib
Yo'qotmoqchi bo'ldi dunyodan.
Jaloliddin samani bo'lib
Sakrab о'lding Amudaryodan.
Sensan o'shal samanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.
Toleyingda bor ekan yashash,
Goh qon ichding, gohida sharob.
Etmoq bо'lib yurtim xomtalash,
Bosh ustingga keldi inqilob.
Chora istab jang maydonidan
Samolarga uchdi unlaring,
Shahidlarning qirmiz qonidan
Alvon bo'ldi qora tunlaring.
Qonga to'lgan kafanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.
Lekin oftob poymol o'lmas,
Kavaklarda qolmas оу nuri,
Odil hakam-haq bor, beg'araz,
Mazlumlarning buyuk g'amxo'ri.
Qilich serpab tole tongida
O'zligingni tanib qolding sen.
O'g'lonlaring qatra qonida
O'zbekiston nomin olding sen.
Nomi qutlug' gulshanim manim
O'zbekiston, Vatanim manim.
Tinch turarmi bu ko'hna оlаm
Tinch turarmi dog 'uli zamon.
Oromingni buzdi sening ham
Fashist degan vahshiy olomon.
Qonim oqdi Dansigda manim
Sobir Rahim yiqilgan chog'da.
Lekin, yurtim, kezolmas g'anim.
O'zbekiston atalgan bog'da.
Sensan nomus va sha'nim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.
Kech kuz yedi, men seni ko'rdim,
Derazamdan boqardi birov.
U sen eding, о, dehqon yurtim,
Turar eding yalangto'sh, yayov.
- Tashqarida izillar yomg'ir,
Кir, bobojon, yayragil biroz.
Deding: - Paxtam, qoldi-ku axir,
Yig'ishtiray kelmasdan ayoz.
Ketding, umri mahzanim manim
O'zbekiston, Vatanim manim.
Sen ketarsan balki yiroqqa,
Farg'onada balki, balqarsan.
Balki chiqib oqargan toqqa,
Cho'pon bо'lib gulxan yoqarsan.
Balki ustoz Oybekdek to'lib
Yozajaksan yangi bir doston.
Balki Наbib Abdulla bo'lib,
Sahrolarda ochajaksan kon.
Tuprog'i zar, ma'danim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.
Mayli, yurtim, kezsang ham dunyo,
Fazolarga qo'ysang ham qadam,
O'zligingni unutma aslo,
Unutma hech, onajon o'lkam.
Bir o'g'lingdek men ham bu zamon
Kechmishingni qildim tomosha.
Iqbolingni ko'roldim ayon
Istiqlolning ufqlari osha.
Iqboli hur, sho'x-shanim manim.
O'zbekiston, Vatanim manim.
Zavol ko'rma hech qachon, o'lkam,
Zavol bilmas shu yoshing bilan.
Muzaffar bo'l, g'olib bo'l, o'ktam
Do'st-u yoring, qardoshing bilan.
Asrlarning silsilasida
Boqiy turgay koshonang sening.
Ulug' bashar oilasida
Mangu yorug' peshonang sening.
Mangu yorug' maskanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.
Men nechun sevaman O’zbekistonni
Men nechun sevaman O'zbekistonni
Tuprog'in ko'zimga aylab to'tiyo.
Nechun Vatan deya yer-u osmonni,
Muqaddas atayman, atayman tanho.
Aslida, dunyoda tanho nima bor,
Paxta o'smaydimi o'zga elda уо?
Yoki quyoshimi sevgimga sabab?
Axir quyoshli-ku butun Osiyo.
Men nechun sevaman O'zbekistonni?
Bog'larin jannat deb ko'z-ko'z etaman.
Nechun ardoqlayman tuprog'ini men
O'paman: «Tuprog'ing bebaho, Vatan»
Aslida tuproqni odil tabiat
Taqsim aylagan-ku yer yuziga teng.
Nechun bu tuproq deb yig'ladi Furqat
О, Qashqar tuprogi, qashshoqmiding sen?
Xo'sh, nechun sevaman O'zbekistonni,
Sababini aytgin desalar menga,
Shoirona, go'zal so'zlardan oldin
Men ta'zim qilaman ona xalqimga.
Xalqim, tarix hukmi seni agarda
Mangu muzliklarga eltgan bo'lsaydi,
Qorliklarni makon etgan bо'lsayding,
Mehrim bermasmidim o'sha muzlarga?
Vatanlar, Vatanlar, Mayli, gullasin,
Bog' unsin mangulik muzda ham, ammo
Yurtim, seni faqat boyliklaring-chun
Sevgan farzand bо'lsa, kechirma aslo!
MUHAMMAD YUSUF (1954-2001)
Yorqin O’zbek shoiri Muhammad Yusuf ijodidan, eng sara vatan haqida sherlar to’plami!
Bizdan ozod vatan qoladi
O'tar necha bahorlar gulgun,
Necha umr kuzlari kechib.
Zamin uzra saf tortib bir kun,
Biz ketarmiz qushlarday ko'chib.
Bir bebaho mа'dan qoladi,
Bizdan ozod Vatan qoladi.
Bizning manzil oq - oydin sahar,
Oftob sari уо'limiz ravon.
Millat uchun kerak bo'lsa gar,
Ming bir fido bо'lmasa bu jon -
Jon chekmasang, qaydan qoladi,
Bizdan ozod Vatan qoladi.
Odam bilan ulg 'ayar makon,
Dunyolarga doston bо'ladi.
Erkli elning go'dagi sulton,
Sultoni mard inson bo'ladi.
Davri dun hammadan qoladi,
Bizdan ozod Vatan qoladi.
Bug'doy sepsang bug'doying qiyg'os,
Arpa eksang - arpasin olar.
Avlodlarga bizlardan meros,
O'zbekona oriyat qolar.
Erkimiz - gulbadan qoladi,
Bizdan ozod Vatan qoladi.
Xalq bo’l elim
Qadim yurtga qaytsin qadim navolarim.
Qumlar bosib qurimasin daryolarim.
Alpomishga alla aytgan momolarim
Ruhini shod etay desang, xalq bo'l, elim.
Ko'z yoshlaring aylansa ham dengizlarga,
Qo'rg'oningni bermay desang Chingizlarga.
Ulug'bek nom qo'yib ketgan yulduzlarga
Yuzim bosib о'tay desang, xalq bо'1, elim.
Go'ro'g'lilar qonga botsa G'irotlarda,
Ko'r o'g'illar yurtin sotsa xilvatlarda,
Boburing bexabar yotsa Hirotlarda
Borib men uyg'otay desang, xalq bo'l, elim.
Kuyib ketdi kitoblaring karvon-karvon,
Sinolaring malhamiga mushtoq-zorman.
Ко'ksingda ham besh asrlik kuyuk armon -
Navoiyga yetay desang, xalq bо'1, elim.
Osmon diling orzulari tumaqator
Ota meros yerning o'zi bir iftixor.
Ostonangdan oftob chiqib, oftob botar
Kunlaringga qaytay desang, xalq bо'1, elim.
Qadim yurtga qaytsin qadim navolarim
Qumlar bosib qurimasin daryolarim.
Alpomishga alla aytgan momolarim
Ruhini shod etay desang, xalq bo'l, elim.
Vatan madhi
Кimga dasht boshpana, kimgadir gulzor
Har kimning sig'ingan sajdagohi bor.
Har hovuch tuprog'i ko'zga to'tiyo,
Biz uchun qadrdon shu aziz diyor.
O'ping, ko'zingizga suring tuprog'in,
Har so'zin muqaddas duodek seving.
Qadang yuraklarga millat bayrog'in.
Vatanni Najmiddin Kubrodek seving.
Ко'nglimning gavhari shu aziz maskan,
Fidodir hamisha unga jon-u tan.
Otalar himmatin yodi mash' ali,
Onalar oq suti hurmati - Vatan.
O'ping, ko'zingizga suring tuprog'in,
Har so'zin muqaddas duodek seving.
Qadang yuraklarga millat bayrog'in,
Vatanni Najmiddin Kubrodek seving.
Alpomishlar yurti bu diyor
Alpomishlar yurti bu diyor
Doston bo'lgan Rustamlari bor.
Shu о'lkada oftob ayvoni,
Shu о'lkadan bosblanar bahor.
Go'zal yurtning ko'rkiga chiroy,
Uzun kokil malak Barchinoy.
Hur qizlari ko'cha to'ldirsa,
Go'уо yerda suzib yurar оу.
Men ham shu el farzandidirman,
Ko'z qorasi, dilbandidirman.
Erkalanib bag'rida o'sdim
Men ham uni jondan suyarman.
Alpomishlar yurti bu diyor
Doston bo'lgan Rustamlari bor.
Shu о'lkada oftob ayvoni,
Shu о'lkadan bosblanar bahor.
Chamanzor
Ona yurtim - O'zbekistonim
Poylaringga sadqa bu jonim.
Dunyolari ichra bir dunyo,
O'xshashi yo'q chamanistonim.
Yuragimda bir orzu, havas -
Senga sodiq o'g'il bo'lsam bas!..
Beshigimni tebratgan o'zing,
Alla aytib uxlatgan o'zing.
Uydan chiqsam ostona hatlab,
Har lahzada so'ratgan o'zing.
Yuragimda bir orzu, havas -
Senga sodiq o'g'il bo'lsam bas!..
Kezib chaman chorbog'laringni,
Ichdim zilol buloqlaringni.
Erka bo'lib erkingni kuylab,
Oqlay deyman ardoqlaringni.
Yuragimda bir orzu, havas -
Senga sodiq o'g'il bo'lsam bas!..
Ona yurtim - O'zbekistonim,
Poylaringga sadqa bu jonim.
Dunyolari ichra bir dunyo,
O'xshashi yo'q chamanistonim.
Yuragimda bir orzu, havas -
Senga sodiq o'g'il bo'lsam bas!..
Vatanni seving
Кimlardir kaftida gul usblab yurar,
Кimlardir qo'lida palaxmon toshi.
Chayqalib turganda dunyo guldirab,
Yurtning poyidadir yigitning boshi.
Sevsangiz, avval shu Vatanni seving,
So'ng shahlo ko'z-u gulbadanni seving!..
Unutmang, bu ko'hna charxi falakda,
Vatandan boshqasi hammasi mayda.
Ко'ngilda orzudek osmon musaffo,
Tuproq tinch bo'lmasa, Muhabbat qayda!..
Sevsangiz, avval shu Vatanni seving,
So'ng shahlo ko'z-u gulbadanni seving!..
Chorlasa Siz qo'rg'on bo'ling, tosh bo'ling,
Suyang bir-biringiz, yelkadosh bо'ling.
Qani kim botinib bir so'z aytolgay,
Bitta jon, bitta tan, bitta bosh bo'ling.
Sevsangiz, avval shu Vatanni seving,
So'ng shahlo ko'z-u gulbadanni seving!..
Shu yurt tinch - yo'q dilda sanchiqlaringiz,
Qiqirlab yurishar qalliqlaringiz.
Yor-yorlar yarashar, to'ylar yarashar,
Yarashar to'qlikka sho'xliklaringiz.
Sevsangiz, avval shu Vatanni seving,
So'ng shahlo ko'z-u gulbadanni seving!..
Iqror
О, ota makonim,
Onajon о'lkam
O'zbekiston, jonim to'shay soyangga.
Senday mehribon yo'q,
Seningdek ko'rkam
Rimni alishmasman bedapoyangga.
Bir go'sha suv bo'lsa, bir go'sha qirlar,
Qancha yurtni ko'rdim qancha taqdirlar.
Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb,
Tog'laring ortimdan ergashib yurar.
Ко'rdim suluvlarning eng faranglarin,
Уо xudbinman men уо bir sodda kasman men -
Parijning eng go'zal restoranlarin,
Bitta tandiringga alishmasman men.
Na gapga ko'nayin,
Nа til bilayin,
Ko'zdan uyqu qochdi, dildan halovat -
Uch kunda sog'insam nima qilayin,
Chala qolar bо'ldi hamma sayohat.
Bildimki, baridan ulug'im o'zing,
Bildimki, yaqini shu tuproq menga.
Bahorda Baxmalda tug'ilgan qo'zing,
Arab ohusidan azizroq menga.
Sen bilan о'tgan har kun bayram - bazm,
Sensiz bir on qolsam vahmim keladi.
Seni bilganlarga qilaman ta'zim
Seni bilmaslarga rahmim keladi.