Ona haqida tasirli sherlar to’plamini etiboringizga havola qilamiz.
Onalar oyog’i ostidadir
Onalarning oyogi ostidadir
Ravzai jannatu jinon bogi.
Ravza bogi visolin istar esang
Bul onaning oyogin tufrogi.
* * *
Boshni fido ayla ato qoshiga,
Jismni qil sadqa ano boshiga.
Tun, kuningga aylagali nurposh
Birisin oy ayla, birisin quyosh.
Alisher Navoiy
O, Ona
Kuz ochib olamga kelgandan beri
Nelarni kurmadi bu boshim mening.
Ozmi-kup tanidim hayotning sirin,
Qirqqa ham etibdi bu yoshim mening.
Yildan-yil orttirdim talay dustu yor,
Hurmatlab dedilar, «dustim», «urtogim»,
Ulgaydim: kuksimga bosh quyib dildor,
U dedi: «Bakhtimsan, suyangan togim!..»
O, ona, hej biri emasdur shirin
«Bolam!» deb bir ogiz aytgan suzingdan!
O, ona mehringda quyosh yashirin,
Ne ajab gul unsa har bir izingda!
Shuhrat
Sen ona
Alisherga alla aytib ukhlatgan
Sen — ona.
Ogushida Bobur kamolga etgan
Sen — ona.
Torobiyni ogir jangga junatgan
Sen — ona.
Olamni nurida munavvar etgan
Sen — ona.
Yiglasa, dunyoni raso titratgan
Sen — ona.
Kulgisi saodat parvarish etgan
Sen — ona.
Daholar beshigin bedor tebratgan
Sen — ona.
Mehri bahorida elni yashnatgan
Sen — ona.
Yagona uglingni junatding jangga,
Bul bardam, ona!
Onaday oshiq yuq ona Vatanga,
Muhtaram ona…
Mirtemir
Onamga xat
Men sizni o‘ylayman shomu saharda,
Ona, sog‘insam ham bora olmayman,
Tunlari charog‘on shunday shaharda,
Hech kimga ko‘nglimni yora olmayman.
Men siz aytgandayin hammani sevdim,
Hammaga ishondim, mana oqibat:
O‘z do‘stim uyiga ko‘mildi sevgim,
Kun bo‘lib ko‘ksimni kuydirdi nafrat.
Boshimdan o‘tgani ko‘kka ham ayon,
Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan:
Men – zangor yaylovda olis, bepoyon,
Uyuridan ajrab qolgan qulunman.
Mana, men ketyapman tosh yo‘lda ko‘zim,
Qadamim moshinlar yo‘rg‘asiga mos.
Yig‘lasam yupatib o‘zimni o‘zim,
Pishqirib qo‘yaman toychoqlarga xos.
Va sizni o‘ylayman shomu saharda,
Ona, sog‘insam ham bora olmasman.
Tunlari charog‘on shunday shaharda,
Hech kimga ko‘nglimni yora olmasman.
Ha, sevgi haqida. U dilga ne zeb,
Kuyinmang, ne iloj qilmasa nasib,
Baxtimga hamisha siz sog‘ bo‘ling deb,
Sog‘ingan o‘g‘lingiz – Muhammad Yusuf.
Farishta onam
Mexribon, xushzabon, ko‘ngli oppog‘im,
So‘zlari shirindur, qalbi yumshog‘im,
Dilimga g‘am qayg‘u, o‘rnashgan onim,
Ko‘nglimni ko‘targan mexribon onam,
Barchadan mexribon, farishtam onam!
Dard kelsa yengasiz, bizga bildirmay,
Bizni kuldirarsiz, o‘zingiz kulmay,
O‘zingiz u joyga, bir bora bormay,
Xoji inson bo‘l deb, duo qilganim,
Barchadan mexribon, farishtam onam!
Doimo bolam deb, nafsim deb yurdim,
Bolam baxtli bo‘l deb, yeldim, yugurdim,
Xotinim aytganin, doim shay qildim,
Tug‘ilgan kunda gul, olmagan onam,
Sabrli, qadrli, farishtam onam!
Dardingiz olayin, munis onajon,
G‘am ko‘rmang, yuzingiz kulsin onajon,
Bizning baxtimizga sog‘ bo‘ling xar on,
Ozgina dard ko‘rsam, doim parvonam,
Barchaga mexribon, farishtam onam!
Yig‘lamangiz chidolmayman, yey onam,
Siz keragim, siz munisam, farishtam,
Xizmatingiz ayting tayyorman xar dam,
Barchani ko‘ngliga, yo‘l topgan onam,
Shoxruxga mexribon farishtam onam!
Onam yonimda edi
Savol bermang, qayda eding deb,
Yuragimni ezmang xadeb,
Qo‘ymay deya, yolg‘izlatib,
Onajonim yonida edim.
Tebratdilar belanchakda,
Bir qo‘li tandir o‘choqda,
Yetti bola bir quchoqda,
Onajonim yonida edim.
Yolg‘iz qo‘ymas edi xech xam,
Farzandlarin Mushfik onam,
Qanday yolg‘iz qo‘yay men xam,
Onajonim yonida edim.
Parvona bo‘lib bizga onam,
Chekdi tashvish, chekdilar g‘am,
Nechun, endi bo‘lmay, xamdam,
Onajonim, yonida edim.
Tikan kirsa qo‘limizga,
Ox, tortgan, yosh olib ko‘zga,
Quvonchi yo‘q bizdan o‘zga,
Onajonim yonida edim.
Dardimizga dardman bo‘lib,
Nochora bir gulday so‘lib,
Ketdilar gul yetim qilib,
Onajonim yonida edim.
Ona
Ka’ba qopqasida turgan, ey posbon,
Avval onalarning ochgin yo‘llarin.
Onalar poyiga tiz cho‘k o‘shal on,
Tavof qil, ko‘zga surt, o‘pgin qo‘llarin.
Hojar onamizning nidosi sabab
Ka’bada ko‘z ochgan Obi Zam-zam ham.
Bir umr talpinmish onaga qarab,
Ne-ne payg‘ambarlar ko‘zlarida nam.
Qavmimni ranjitib qo‘ymayin, ammo
Tobut yasab kelgan er zoti doim.
Onalar bag‘riga faqat beshik jo,
Hayotbaxsh allalar aytgan, muloyim.
Sho‘rlik odamzodning tolei uchun
Eng avval onalar qilsin ibodat.
Zora, gunohlardan pok bo‘lgay ochun,
Onalar o‘tinchi topib ijobat.
Ka’ba qopqasida turgan, ey posbon,
Avval onalarning ochgin yo‘llarin.
Onalar poyiga tiz cho‘k o‘shal on,
Tavof qil, ko‘zga surt, o‘pgin qo‘llarin
Abdulla Oripov
Onam der jon bolam o’zingni asra
Dunyo ko‘rinsa gar menga zim-ziyo,
Omad ham qilmasa bir karra qiyo,
Ko‘rinsa har nima shunchaki ro‘yo,
Onam der jon bolam o‘zingni asra!
Do‘stlarim dushmanni ishini qilsa,
Dushmanim bildirib ortimdan kulsa,
Ikkisi bir bo‘lib pichoqlar ursa,
Onam der jon bolam o‘zingni asra!
Tunlari ko‘zlari ilinmay kutar,
Havotir olaru, zaxarlar yutar,
Ko‘nglidan xadiklar bir pastda o‘tar,
Onam der jon bolam o‘zingni asra!
Deydilar dunyoni ishi tinmaydi,
Ozgina tin bolam xech kim bilmaydi,
Yiqqan davlatlaring do‘stlik qilmaydi,
Onam der jon bolam o‘zingni asra!
Qara sochlaringa qo‘nibdi qirov,
Endi qirqqa kirdi demaydi birov,
Sog‘indim tizzamda uxlashing birrov,
Onam der jon bolam o‘zingni asra!
O‘tirgin ozgina suhbat quraylik,
Mahallani biroz yayyov yuraylik,
Bir kunga tashvishni qo‘yib turaylik,
Onam der eh bolam, o‘zingni asra!
Yugur yugurlaring tugamas hecham,
Ishdan qaytguningcha tushadi kech ham,
Men uchun ehtiyot qilsa, bas egam,
Onam der jon bolam o‘zingni asra!
Onam qarib borayabdi
Ayriliqning qilichi o‘tkir,
Qo‘rquv yuragimni yoryapti.
Tan olishlik naqadar og‘ir,
Onajonim qarib boryapti.
Qayg‘ulardan yuzim yorishmas,
Insonki tuproqqa qorishmas.
Manim xamon ishim yurishmas,
Onam esa qarib boryapti.
Onamning bilmayman men jinni,
Dardi ko‘pmi yoxud ajini.
Alam qatl qilyapti meni,
Onam esa qarib boryapti.
Men nixolman aqlim karaxtdir,
Doood volidam keksa daraxtdir.
Bu yuragim g‘amga poytaxtdir,
Onam esa qarib boryapti.
Onam mehri
– Sendɑn yuksɑk nimɑ bor, yulduz?
– Onɑ mehri.
– Sendɑn keskin nimɑ bor, olmos?
– Onɑlɑr qɑhri.
– Qɑyerdɑn olding otɑshni, quyosh?
– Onɑ qɑlbidɑn.
– Po’lɑt, qɑyerdɑn sengɑ zo’r bɑrdosh?
– Onɑ zɑrbidɑn.
– Senmi, ko’klɑm, hɑyotbɑxsh fɑsl?
– Yo’q, ona izi.
– Senmi, totli, shifibɑxsh ɑsɑl?
– Yo’q, ona so’zi.
– Dengiz, nedir kenglikɑ tɑnho?
– Onɑ og`usi.
– Sendɑn shɑffof ne, tongi ziyo?
– Onɑ boqishi.
– Yɑrɑtgusi senmi, tɑbiɑt?
– Yo’q, yo’q, onalɑr.
– Bɑxt bitguvchi senmisɑn, hɑyot?
– Yo’q, yo’q, onalɑr…
Onajon
Necha kunki yo`q oromim
Kelolmayman hushimga.
Onajonim kechalari
Kirib chiqar tushimga.
Qo`llarida oq elpig`ich
Oy nurida yaltirar.
Onajonim imlab meni
Qoshlariga chaqirar.
Keltirarlar goho beshik
Ko`zlarida hayajon.
Yotar payting bo`ldi-ku der,
Kela qol, der, bolajon.
Qaylargadir yuguraman,
Fig`onimdan chiqar dud.
Yig`lama, deb qo`llarimga
Tutqazarlar so`ng tobut.
Tongda ruhsiz ko`z ochaman,
Qovurilar tanda jon.
Onajonim, bunday qilma,
Bunday qilma, onajon.
Axir o`zing der eding-ku,
Silab o`ksuk boshimni:
— Endi senga bersin umr,
Senga bersin yoshimni.
Afsus, o`zing erta ketding,
Erta ketding olamdan.
Ukalarim bag`rim ezar,
Ajradik deb onamdan.
Bevaqt xazon bo`lmay har kim
Yoshab o`tsin dunyoda.
Onajonim, har kim oshin
Oshab o`tsin dunyoda.
Garchi fano har kimsaga
Azaliy bir qismatdir.
Lekin, ona, tiriklik ham
Bilsang, yarim hikmatdir.
Tushlarimda, mayli, boshim
Silab turgin, onajon.
Qolganlarga endi umr
Tilab turgin, onajon.
II
U kun chetda oh chekardim
G`ussalarning dastidan.
Sen otamga pul beribsan
Yostig`ingning ostidan.
Aytibsanki, onasizlik
Kelmasin hech o`yiga.
Sarf qilingiz, menga emas,
Abdullaning to`yiga.
O, o`g`lingga sen shafqatni
Bilarding-ku, onajon.
Bundan ko`ra bag`rim o`ysang
Bo`lardi-ku, onajon.
Zarragina rahm etgali
Sabring menga yo`qmidi?
Onajonim, bundan o`zga
Jabring menga yo`qmidi?
Yo`qmidi hech o`zga gaping, —
Nola qilib so`ylasang.
Nahot, axir so`nggi dam ham
Farzandingni o`ylasang.
Axir orzu qochib ketmas,
Bitkazar-ku tiriklar.
Onajonim, bir kunini
O`tkazar-ku tiriklar.
Unutilar g`ussalar ham,
Orzular ham cho`zar bo`y.
Onajonim, balki bir kun
Aytganingday bo`lar to`y.
Balki sening qabring uzra
Ko`karganda gul, chechak,
Ostonamga qadam qo`yar,
Sen istagan kelinchak.
Kimdir uning yo`llariga
Balki gul ham sochadi.
Balki munis opajonim
Kel, deb, quchoq ochadi.
Balki do`stlar davrasida
Kamim bo`lmas hech qachon.
Lekin seni o`sha damda
Qaydan topay, onajon.
III
Esimdadir, titrar edim —
G`amgin, bolish pastida.
Kitobimni ko`rdim nogoh
Boshginangning ostida.
Toshday qotdim o`shal oni
Bor toqatdan ayrilib.
— Shoir o`g`lim, — deding menga
Sekingina qayrilib.
Onajonim, so`ng bor menga
Nafas qilding u zamon.
Shoir bo`lgin, deya balki
Havas qilding u zamon.
Onajonim, balki men ham
Bir kun shavqqa to`larman.
Balki men ham aytganingday
Bir kun shoir bo`larman.
Kuylay desam hurmatingni
Ushbu kunda tilim lol.
Balki faqat shu sababli
Shoir bo`lsam ehtimol.
Balki sarson-arosatda
Qolib ketmas bu tanim,
Kamolimni ko`rar balkim,
Yurtim, ona Vatanim.
Payti kelib to`lar bir kun
Paymona ham beomon.
Kuzatarlar meni ham so`ng
Senga tomon, sen tomon.
Balki u kun boshim uzra
Do`stlar bosh ham egadir.
O`sha damgi iqbolim ham,
Onajonim, sengadir.
Dilda neki jur’atim bor,
Dilda neki hayajon,
Bari, bari senga bo`lsin,
Senga bo`lsin, onajon.
Senga bo`lsin bor hayotim,
Nomim, shonim bir yo`la.
Xotirangga ushbu she’rni
Yozdi o`g`ling Abdulla.
Ona qarang
Ona qarang, bugun quyosh qovog‘ini solyabdi.
Olisda-ku o‘zi ammo, ko‘z nurimni olyabdi.
U xam bildi musofirda sizdan olis yurganim.
Onam deb tunda yotib, onam deya turganim.
Nima qilay, yigitmanda, o‘z tishimni tirgayman.
Xayolimda xarkun uyga, gul ko‘tarib kirgayman.
Xar faslda, xar xil sog‘inch, bardoshimni sinaydi.
Sog‘inch o‘lgur yomon narsa, juda meni qiynaydi.
Shukur deyman Olloximga, shu tuyg‘uni berganga.
Nima yetsin ona risqin, xalol topib terganga.
Sabr deyman ibodatda, duoga ochib qo‘lim.
Xech yopmasin bu dunyoda Olloxim mening yo‘lim.
Ona aytay, xatto oy xam bugun g‘ashi kelmoqda.
Sizni maqtab she’rlar yozsam, mendan nurin olmoqda.
Xaqiqatga oy xam onam, xo‘p degisi kelmaydi.
Undan boshqa necha oy bor, nodon shuni bilmaydi.
O‘zga yurtda davlat bersin, lekin sizga qaytaman.
Ko‘ringuvchi farishtamsiz, bor ovozda aytaman.
Mana onam yana she’rda, sizni yeslab ovundim.
Qirg‘og‘i yo‘q sabri daryo, sizni juda sog‘indim!
Ona bor dunyoda yashash boshqacha
Ona bor dunyoda yashash boshqacha.
Onani tarifiyu mexri boshqacha.
To‘lsa xamki xatto to‘qson yoshgacha.
Ona bor xayotda yashash boshqacha.
Yashaydi onamiz bizlarni o‘ylab.
Tunu kun Hudodan baxtimiz so‘rab.
Onasiz qolganlar to‘ymaydi yig‘lab.
Ona bor dunyoda yashash boshqacha.
Odamda martaba obro‘ bo‘lsa xam.
Qo‘lida millionlab puli bo‘lsa xam.
Yonida otasi xayot bo‘lsa xam.
Ona bor xayotda yashash boshqacha.
Onalar doimo xurmatda bo‘lsin.
Farzandin baxtini albatta ko‘rsin.
Yetimlik dardini azobi ko‘rsin.
Ona bor xayotda yashash boshqacha.
Yetimlik dardini yetim biladi.
Uning bu dunyosi bir kam bo‘ladi.
O‘zidan o‘tkanin o‘zi biladi.
Ona bor dunyoda yashash boshqacha.
Onangiz umriga umr tilayman.
Bir umr tugalmas baxtni tilayman.
Onasi yo‘qlardan uzur so‘rayman.
Ona bor xayotda yashash boshqacha.
Onam bor Ollohga shukur qilaman.
Ularga ming bora tazim qilaman!
Ona faryodi
Tor qornimda to‘qqiz oy yashab.
Va tug‘ulding guldayin yashnab.
Bugun esa ko‘zlarim yoshlab.
Oqibating shumidi bolam?
Ko‘zim yoshlab, yuragim dog‘lab.
Xijronlarga vujudim bog‘lab.
Mexribonlik uyiga joylab.
Oqibating shumidi bolam?
O‘z-o‘zimni so‘roqlab pinxon.
Deyman qayda adashdim, qachon?
Ko‘zlarimda yosh marjon-marjon.
Oqibating shumidi bolam?
Bo‘lsin debon quvvat xamda qut.
Ko‘krak tutib bergandim-ku sut.
Naxot bari bo‘ldimi unut.
Oqibating shumidi bolam?
Alla aytib boshing silardim.
Yaratgandan baxting tilardim.
Faqat mexring umid qilardim.
Oqibating shumidi bolam?
Otangdan so‘ng tul bo‘lib qoldim.
Parvarishsiz gul bo‘lib qoldim.
Ichim yonib qul bo‘lib qoldim.
Oqibating shumidi bolam?
Ko‘zga yaqin bo‘ldi deb bolam.
Tuf-tuf derdim, ortingdan xar dam.
Dod, men uchun tor bo‘ldi olam.
Oqibating shumidi bolam?
Mexribonlik uyi-mexrli.
Men kabilar bunda qadrli.
Diydang buncha qattiq qaxrli.
Oqibating shumidi bolam?
Mayli meni olib ketmagin.
Men-la o‘zing abgor etmagin.
Faqat bitta iltimosim bor.
Bolajonim, kel rad etmagin.
Bu yer yozda issiq bo‘larkan,
Kondisioner kerak bo‘larkan.
Puling ko‘p-ku, xamma xonaga.
Kondisioner qo‘ysang bo‘larkan.
Men-ku o‘rganib qoldim xozir.
Biroq bolam, sen sal besabr.
Sen xam bir kun, kelasan axir.
Oqibating shu yerdir bolam.
O’zbek xonasi
Mushtipar ham o'zing, buyuk ham o'zing,
Kuyinchak ham o'zing, kuyuk ham o'zing.
Olamga tatirlik suyuk ham o'zing,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, O'zbek onasi, O'zbek onasi.
Seni To'maris deb, maqtaganim bor,
Sen Temur beshigin tebratgan bedor,
Sensan Bibixonim, Nodirai zor,
Payti keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, O'zbek onasi, O'zbek onasi.
Vatanni Ona deb bekor aytilmas,
Ona buyurganda yo'ldan qaytilmas,
Sen o'zing Kabamsan, Baytul muqaddas,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, O'zbek onasi, O'zbek onasi.
Boshingdan nimalar utmadi axir,
Vatandek taqdiring buldi goh takhir,
Bobur shoh bulsada, qoshingda faqir,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, O'zbek onasi, O'zbek onasi.
Gohida balqiding Barchindek tulib,
Guzadek quriding Tursunoy bulib,
Timsoling yalovda yulduzdek kulib,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, O'zbek onasi, O'zbek onasi.
Farzanding quvonsa — sen ham quvonding,
Faqat bolam deding, yashading, yonding,
Nokasi uchrasa, o'rtanding, tonding,
Payt kedi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, O'zbek onasi, O'zbek onasi.
Kelajak toychog'u toyingizdadir,
Jannat ham, albatta, poyingizdadir,
Vatan-ku Siz turgan joyingizdadir,
Payt keldi, aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, Uzbek onasi, O'zbek onasi.
Sizga tazim qilib turibman bu payt,
Sizga baxshidadir eng shohona bayt,
Aziz elu yurtga duolaring ayt,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, O'zbek onasi, O'zbek onasi.
Onam yig’laydi
Quvonchim yuqolib gamga to'lsam gar,
Buncha bulmasa keng dunyolar tor.
Qayg'u botqog'ida yashasam agar.
Achinib xolimga Onam yig'laydi,
Qolganlar qalbaki yolgon yig'laydi.
Nelardandir ko'ngil bo'lib g'ash,
Ko'zlarimda qalqib tursa yosh.
Bu xolimga berolmay bardosh,
Achinib xolimga Onam yig'laydi,
Qolganlar qalbaki yolg'on yig'laydi.
Xasta bulib yotsam girdi parvonam,
Mexr muruvvatda tanxo yagonam.
Bolam deb kuyingan bechora Onam,
Achinib xolimga Onam yig'laydi
Qolganlar shunchaki yolg'on yig'laydi.
Mehribon onam
Jamoling ko’rgali keldim, ayo ey mehribon onam,
Mening uchun ado bo’lg’an yuragu bag’ri qon onam.
Xo’tan dashtiga tushtum bul falakning gardishi birlan,
Eshitkil arzi holimni, men aytay senga, jon onam.
Ajoyib mehribonimsan, meni oromi jonimsan,
Murodi du jahonimsan, bihishti jovidon onam.
Meni bir jodu ko’zluk bul jahon ichra xarob etti,
Qadi sarvu sanavbar, qoshlari misli kamon, onam.
Boshimga tushti bul savdo, bo’lubman bulbuli shaydo,
Shabistoni jahonda qumridek shakkarfishon onam.
Bu ishq o’ti xarob etti, yurak-bag’rim kabob etti,
Meni xoki turob etti yuzi mohi tobon onam.
Seni ko’p intizor ettim firoq o’tig’a, ey Ka’bam,
Tavofi Ka’bayi maqsuda keldim, dilkashon onam.
Iloho, avf qilg’aysan bu Mashrabning gunohini,
Tufayli onayi zorim, g’aribu notavon onam.
Mashrab
Onam yodi
Bolaligim. Avji saraton
Dala. Tog‘u toshlar kuymakda.
Onam ishga otlanadi tong,
Rangi o‘ngib ketgan ko‘ylakda.
Naq taqimda sochini sochib,
Boyovutning shamoli sang‘ir.
Vafo qildi birgina sochi
Eplayolmay ro‘molda tang‘ir.
Borar baland bo‘yli, kulcha yuz,
Bo‘y-bo‘y juvon, sirli siyoqda.
Suyolmadik uni qilcha biz
Xudo suysin endi u yoqda.
Eshitaman tovushlarini
Borar jannat malaklariday.
Tuproq to‘la kovushlari-yu
Rangi o‘nggan ko‘ylaklarida...
Ruhim ko‘taradi bayroqlarini...
Dunyo kambag‘alni kamsitib, g‘ajib
Tag‘in boyitarkan boyroqlarini
Ruhim olib qo‘yar boshimdan tojni
Halima Hudoyberdiyeva
Ona
Kimdir savol berdi: - Aytgil, Muhammad,
Yolg‘iz sen Rasulsan butkul olamga.
Kimga ko‘p yaxshilik aylay, o‘zing ayt,
Ota-onamgami yoxud bolamga?
Rasul javob qildi: - Tingla, birodar,
Gapimni bir bora quloqqa ilgil.
Imkon topa olsang dunyoda agar,
O’ng avval onangga yaxshilik qilgil.
Bu hikmat sharhini o‘yladim uzoq .
Rostdan ona erur qiblai olam.
Garchi barchamiz ham padarmiz, biroq
Onadan tug‘ilgan payg‘ambarlar ham.
Abdulla Oripov
Onam
Onam! Seni qutqarmoq uchun jonmi kerakdir?
Nomusmi, vijdon bila imonmi kerakdir?
Temur ila Chingiz qoni toshdi tomurimda -
Aytgil,Seni qutqarmoq uchun qonmi kerakdir?
Yov suqg'ali kelgach,qilichini yuragingga,
Tush oldiga,ol ko'ksumi - qalqonmi kerakdir?
Boq,boq,mana turk tengizi toshqun qila qoldi,
Turon yovini quvg'ali to'fonmi kerakdir?
Turon, yigiting,barchaga boq,qalqdi oyoqg'a,
Yurtda qorovul qo'yg'ali arslonmi kerakdir?
Fitrat