Zulfiya Isroilova (1915-1996) – Oʻzbek shoira, publitsist va jamoat arbobi. U Oʻzbekiston xalq shoiri, hamda mehnat qahramoni unvonlarini olgan. Zulfiya oʻz ijodida ayol va ona mavzularini keng yoritgan. Uning sheʼrlari sevgi, sadoqat, ona tabiat va Vatan mavzularini yuksak sanʼat bilan ifoda qiladi. “Oʻzbekiston qizlari”, “Ona va bola”, “Bahor keldi seni izlab” kabi asarlari mashhur. Zulfiya oʻz davrining ijtimoiy hayotiga faol aralashgan va koʻplab yosh ijodkorlarga ilhom bergan.
Ushbu sahifada shoira eng sara sherlari to’plangan.
Xalqimga aytar so’zlarim
О‘zing tashna etding, о‘zing suv tutding,
Qalbimdagi sahrom, daryomsan, xalqim!
Seni seva-seva men boyib ketdim,
Dunyo ichra topgan dunyomsan, xalqim!
Yurak chaqmoq tekkan osmon yuziday,
Lekin e’tiqodim, iymonim butun,
Umrimda qilganim ozmi-ko‘pimdan,
Mehrim daryosidan serobman bu kun.
Menga Navoiydan aytgin alia deb,
Lutfiydan ongimga ziyo taratding,
Qiynalgan olamga bo‘lgin dalda deb,
Asli o'zing meni shoir yaratding...
Yosh shuur, kurashchan tuyg'ular bilan
Sening taqdiringga mahkam tutashdim,
Ne-ne g‘animlar-la kurashganing on
Ko'pning biri bo‘lib malhamga shoshdim.
Sarg'aygan dashtlarga berding yashil qon,
Tuproq tepalarda shahar ko'tarding:
Har bir g'alabangni ko‘rgan suyuk on
Dildagi o‘z g‘amim kuyi cho‘kardi.
Yo‘l yurdim, sog'indim, to'kildi baytim
Xorijning shomlari, saharlarida,
Ezgu istaklaring jaranglab aytdim
Osiyo, Afrika minbarlarida.
Paxta xirmonining o'sdi bo'ylari,
Tanidi, tan oldi yaqin-u yiroq
G'ururdan dengizday to'lib kuyladim,
Tolelar tiladim bundan yorqinroq.
Maktublar yozding sen, maktublar bitdim,
Goh ko'zga nam qalqib, gohida xushbaxt.
She’r bilan, so‘z bilan qalbingga yetdim,
0 ‘sha qalb men uchun eng sharafli taxt.
Ko'zim ustidasan bu tugyonli dam,
Sen bilan taqdirdosh kunduzli bo'ldim.
Seni deb siyladi Umr, aziz Vatan,
E’zozli bo'ldim men, yulduzli bo'ldim.
Hali bor oldimda o'tmagan burchim,
0 ‘tayman ko'zimda tirik tursa nur.
Umrimdagi barcha fasllar uchun
0 ‘ziga bek xalqim, Senga tashakkur.
1985
Muhabbat tongi kulganda
Oqshom edi, oydin ko'prikda
Barno qiz-u yigit turardi,
Oyni kutgan oqshomgi ko'kda
Beshik-beshik bulut yurardi.
Bulutlaming yorib quchog'in,
Oy ko'rsatdi olmos yuzini.
Mag'rur tashlab yerga nigohin,
Tinglab qoldi yigit so‘zini.
«Xohi inon, xohi inonma,
Sening sevging qilmoqda shaydo.
Bunday yonish begona jonda
Bir o'chmas o‘t bo'libdi paydo!»
Oy suzadi yel sari mayin,
Ikki qalbni yoqar bir otash.
Yoniq dilning baxtiyor nayin
Yutmoq bo'lur sukut jafokash.
Yigit sevgi tongini kutar,
Qiz ko'ziday quyuladi tun.
Lekin uzun kipriklar o‘ta —
Yarqiraydi baxtga to‘la kun.
«U bir o‘tki, seni ko'rmasam
Iztirobga solar jismimni,
Lol qolaman — axtarib topsam,
Unutaman hatto ismimni.
Xoh inongin, inonma xohi,
Xayolimda kezasan yolg'iz.
Meni sevgin!»
Yigit nigohi
Sevgi tilar — sukut qilar qiz.
Oppoq pag'a bulut ustida
Hayron suzar keksa oysuluv.
Yulduzlami quchib ko'ksida,
Anhor to'lib jo'shib oqar suv.
Shu choqqacha ishqin qiz faqat
Dildan so'rab aytgandi dilga.
Ilk, musaffo, katta muhabbat
Qiz dilidan kelmasdi tilga.
Hozir yurak bir nigoh bo'lib
Boqqan edi yigit ko‘ziga.
Oqshom ogushiga nur to'lib,
Tong kulganday bo'ldi yuziga.
Elda qo'shiq, ko'prikda shu’la,
Baxt-la tepdi ikki yosh yurak...
Oy so'zladi yulduzni to'plab,
Sevgi tongi haqida ertak.
1936
Sening Maftuning
Yaxshiki yigitda er yuragi bor,
U sevsa hech qachon yonmas yashirin.
Sevging to‘g‘risida o'zing ochding so‘z,
Ey ko‘zi qop-qora, so‘zlari shirin!
Mening sevganimni hali bilmasding,
Tanho o'rtanishdan men oldim lazzat.
Dilimni kemirgan muhabbat sirin,
0 ‘zim ardoqladim, ham qildim izzat.
Qalbimga yozilgan muhabbat so'zi
0 ‘yimni chulgadi mening har minut,
Lekin ishondimki, sen so‘z ochmasang,
Shu dardda o'lsam ham etaman sukut.
Hatto bilmas edim sevarmiding sen,
Balki sevganingdir bir baxtiyor qiz.
Balki xayolingdan men behad yiroq,
Ammo sen dilimda kecha-yu kunduz.
Faqat oyladimki, uyatdir qizga
Yigitga sevgisin aylasa izhor.
Bu — dog* solar dedim qizning husniga,
Endi ilojim yo‘q bo'lmayin iqror.
Uzoq men axtardim, ammo o‘zimda
Bir kuch topolmadim sevgidan ustun!
Men seni sevaman, sehrgar yigit,
Butun borligim-la men senga maftun.
1942
Kechir, qoldim g’aflatda
Seni birdan jonsiz ko‘rdim,
Jonim chiqdi mening-da.
Es-hushimdan ajrab turdim,
Tuygum ketdi sening-la.
Koshki edi, men boshingda
Turgan bo'lsam o'sha dam.
Kirmasmidim men qoningga,
Bermasmidim jonni ham.
Ajal degan beshafqatga
Koshki otsam ishqimni,
To'ldirsam ham ko'kni dodga,
Saqlasam men baxtimni.
Koshki edi, so‘ng qo'lingda
Erkalanib bersam jon.
So'nggi nigoh senda qolsa,
Men ko‘z yumsam bearmon...
Yashash sening haqqing dedim,
Kechir, qoldimgaflatda.
Yo‘q edi-ku bo'lmoq mahrum
Bizning ilk munis ahdda?
Yulduz
Uyda bo‘g‘ildim-u chiqdim eshikka,
Yer ustiga cho'kkan oqshomgi tuman,
Go'yo ko'zlarimga boqqanday tikka
Yashnardi bir yulduz xuddi sensimon.
Xuddi senday uzoq va senday yorqin,
Avji chaqnaganda so'nadi u ham,
Biryupanch: sevgimning osmonidan
0 ‘chmasdan yonasan, ey go'zal hamdam!
1944
Bahor keldi seni so’roqlab
Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Oushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor...
Oancha sevar eding, bag rim, bahorni,
0 ‘rik gullarining eding maftuni.
Har uyg'ongan kurtak hayot bergan kabi
Ko'zlaringga surtib o'parding uni.
Mana, qimmatligim, yana bahor kelib,
Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.
Oishning yoqasidan tutib so'radi seni,
U1 ham yosh to‘kdi-yu, chekindi nari.
Seni izlar ekan, bo‘lib shabboda,
Sen yurgan bog'larni qidirib chiqdi.
Yozib ko'rsatay deb husn-ko‘rkini,
Yashil yaproqlarni qidirib chiqdi.
Topmay, sabri tugab bo'ron bo‘ldi-yu,
Jarliklarga olib ketdi boshini.
Farhod toglaridan daraging izlab,
Soylarga qulatdi togning toshini.
Qirlarga ilk chiqqan qoychivonlardan
Oayda shoir, deya ayladi so'roq.
Barida sukunat, ma’yuslik ко‘rib,
Horib-charchab keldi, toqatlari toq...
So'ngra jilo bo'lib kirdi yotog'imga,
Hulkar va Omonning o‘pdi yuzidan.
Singib yosh kuydirgan za’far yonog'imga
Sekin xabar berdi menga o'zidan.
Lekin yotogimda seni topolmay,
Bir nuqtada qoldi uzoq tikilib.
Yana yel bo‘ldi-yu, kezib sarsari,
Mendan so‘ray ketdi qalbimni tilib:
«Qani men kelganda kulib qarshilab,
Qo'shigi mavjlanib bir daryo oqqan?
«Baxtim bormi deya, yakkash so'roqlab»
Meni she’rga o‘rab suqlanib boqqan?
0 ‘rik gullariga to'nmaydi nega,
Yelda hilpiratib jingala sochin?
Nega men keltirgan sho'x nashidaga
Peshvoz chiqmaydi u yozib qulochin?
Qanday ishqqa to‘lib boqardi tongga,
Kamol toptirardi keng xayolimni.
Uning rangdor, jozib qo‘shig‘ida
Mudom ko'rar edim o‘z jamolimni.
Qani o‘sha kuychi, xayolchan yigit?
Nechun ko‘zingda yosh, turib qolding lol.
Nechun qora libos, sochlaringda oq,
Nechun bu ko'klamda sen parishonhol?»
Qanday javob aytay, loldir tillarim.
Baridan tutdim-u, keldim qoshingga.
U ham g aming bilan kezdi aftoda,
Boqib turolmayin qabring toshiga.
Alamda tutoqib daraxtga ko'chdi,
Kurtakni uyg£otib so'yladi g'amnok.
Sening yoding bilan yelib beqaror,
Gullar g'unchasini etdi chok-chok.
Gul-u rayhonlarning taraldi atri,
Samoni qopladi mayin bir qo'shiq.
Bu qo‘shiq naqadar oshno, yaqin,
Naqadar hayotbaxsh, otashga to'liq.
Bahorga burkangan sen sevgan elda
Ovozing yangradi jo'shqin, zabardast.
0‘lmagan ekansan, jonim, sen hayot,
Men ham hali sensiz olmadim nafas.
Hijroning qalbimda, sozing qo'limda,
Hayotni kuylayman, chekinar alam,
Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda,
Men hayot ekanman, hayotsan sen ham!
1945
Ne baloga etding mubtalo
0 ‘tdi oylar gam bilan oqib,
Dil topmadi zarra tasallo.
Firoqingda qoldim tutoqib,
Ne baloga etding mubtalo!
Ko‘z ochgani qo'ymaydi alam,
Boshim qoysam kuydirar bolish.
Yupatolmas kitob va qalam,
Misralarim ko'tarar nolish.
Nahot shuncha ma’sum, shunday pok
Sevishmoqda alam bor shuncha?
Bardosh bermas iroda, idrok,
Tamoman lol aql, tushuncha.
Togday bor deb bilgan yuragim
Qush boshicha qolmadi chogi?
G'amni yengarman degan sarim
Yana ortar alami, dog‘i.
Erib ketmagandim sevgingdan,
Bo‘lmaslik-chun baxtingdan judo,
Birga qolish uchun sen bilan
Kuyaman-u, bo'lmayman ado.
1945
Ko’rganmiding ko’zlarimda yosh?
Soginganda izlab bir nishon,
Qabring tomon olar edim yo‘l.
Keltirarding menga bir zamon,
Endi har chog‘ men eltaman gul.
Keldim. Uzoq qoldim men sokin
Sening aziz boshingda yolg'iz,
Osmon tiniq edi va lokin,
Parcha bulut yetib kelib tez,
Ko‘kda mening boshimda turib
Goyo yuragimday qalqdi u.
Ko'zimdagi yoshimni ko'rib
U ham to'kdi yoshini duv-duv.
Biz yigladik tepangda shu kun,
Keldingmi, deb ko'tarmading bosh.
Ayt-chi, sen-la baxtiyor onlar
Ko'rganmiding ko'zimda bir yosh?
1945
Sen qaydasan, yuragim
Qalb bo'lganda yiroqda
Iroda ekan ojiz.
Do'stlar ham ko‘p atrofda,
Ammo men yakka-yolg'iz...
Birdan qalbim keksarib,
Qon ham qochdi yuzimdan.
Sen, sirdoshni axtarib,
Xayol ketar izingdan.
Qayga ketding yuragim,
Bitdi bardosh va toqat.
Suhbatingdir tilagim,
Dilda hasratim qat-qat.
Ko'pdir aytajak so'zim,
0 ‘gitlaringga zormen,
Yig'laysan deb do'stlarim
Ta’na qilar. Netay men?
Sovush bermaydi menga,
Yoqib ketganing olov.
Netay, yetmayman senga,
0 ‘rtaga tashlangan g‘ov.
Ishqqa maskan yuragim,
Topib ber, deb qistaydi.
Nima qilay, berahm —
Ruhim seni istaydi.
1945
O’rik gullaganda
«Terazamning oldida bir tup
0 ‘rik oppoq bo‘lib gulladi...»
Gulni ko'rib ishqparast qalbim,
Ming aytilgan darddan kuyladi.
Seni qo'msab oqshom chogida
Hijron qo'shar ekan harorat.
0 ‘lgudayin mushtoq bo'libman —
Visolingga, yo‘q chog‘i toqat.
Seni qo'msab oqshom chog'ida
Kirib keldim shu tanish uyga.
Biz bir choqlar yashagan uyda
Tunab qoldim xayol-la birga.
Buncha issiq, buncha ham shinam
Yoshlik kechgan torgina shu joy.
Bunda yashar a jib onlardan,
Ishq-la o'tgan tunlardan chiroy.
Har burchagi elitar hushim,
Naqadarlik oshno, yaqin.
Xuddi tunda kamolga yetgan
Oo‘shig‘ingda chaqnagan chaqin.
Bunda hayot — ilhom onlari
Qalamingdan to'kilgan gavhar.
Gul boyini olganda shamol
Rashkka to'lib to'ngan u ko'zlar.
Sen tugatgach chanqoqlik bilan
0 ‘qib maftun bo'lganim hayot.
«Qalay degan» bo‘lib termulgan
Ko'zlaringning otashi hayot.
Hali hayot, takror o'qirkan
Zavqqa to‘lib yayragan ko'ksim.
Yuzingdagi ulugvor, mayin,
Bir jahonga arzir tabassum.
Bari hayot, muhabbat kabi,
Hamma yerda ko'rinar izing.
Parrandalar nag'ma kuyida
Jaranglaydi tovushing, so'zing.
Meni o'rab oldi hayajon,
Yana ortdi sevgining kuchi.
Sharq qizarib, chiqmoqda quyosh,
Oltinlandi terakning uchi.
Sen kuylagan o'rik shu kecha
Burkandi oq — oppoq chechakka.
Men qadrdon xotira bilan
Jo‘nab ketdim uyimga yakka.
1947
O’g’lim, sira bo’lmaydi urush
To'lisharmi o‘lkada bahor,
Quyosh kezar osmon ko'ksida.
Qaldirgochlar qanotmi qoqar,
Undan soya labi ustida.
Mana, o‘g‘lim labi ustida
Qaldirgochning mayin qanoti.
0 ‘spirinim toza ko'ksida,
Kunda oshar yangi his toti.
Boyi oshib ketdi boyimdan,
Bosa olar ko'ksiga boshim.
Sevgim ko‘rib bergan uyimda,
0 ‘sdi mening katta yo'ldoshim.
Yurak to‘la shodlik, mehr, baxt,
Uning ko'zlariga boqaman.
Nigohiday tiniq va yorqin
Orzu to'lqinida oqaman.
Orzulari qalbimga ziynat,
Hayotidir ko'zim qorasi.
0 ‘kinaman, ba’zida faqat,
Yonida yo‘q uning otasi.
Urush! Noming o‘chsin jahonda,
Hamon bitmas sen solgan alam.
Sen tufayli ko£p xonadonda
Ota nomli buyuk shodlik kam.
Yulding ota demak baxtini,
Juda murg'ak go'daklarimdan,
Yaxshi ham bor shunday Vatani,
Dalda bo'ldi yuraklarimga.
Ota bo'lib soldim men yo'lga,
Ona bo‘lib mehrimga oldim.
Mana, yurtga o‘g‘il o‘stirgan
Bir davlatmand boy bo'lib qoldim.
Qancha ishonch, umid baxsh etar,
Ham Vatanga, ham menga bu dil,
Ooya kabi yonimdan chiqib,
Suyan, — deydi, — kiftimga dadil.
Men onaman, mening yuragim
Farzandlarim quvonchiga kon.
Dil orziqar, ba’zan tilagim
Vahimalar o'ragan zamon.
Yo‘q, urushning nomi ham o'chsin,
Mening o‘g‘lim kerak hayotga.
Istamayman, uning dudlari
Oo'nsin labi uzra qanotga.
Bas, bas, ezgu onalar qalbi,
Yashay olsin bexavf, baxt bilan.
Mehnatimiz, g‘azab, sevgimiz
Tinchlik, deydi butun xalq bilan.
Ko'krak suti va mehnat bilan
Biz jahonga berganmiz turmush,
Ona qalbi oyoqqa tursa,
0 ‘g‘lim, sira bo'lmaydi urush!
1954
O’quvchimga
Yurak nihol olov qoynida
Yonar, kular, yashnardi shaydo.
Orzu, hisning sof oyinida,
Ilk she’rlarim bo'lardi paydo.
She’ring murg'ak, lekin diling soz,
Nafasingda, dedingiz, o‘t bor.
Yonib kuylash shoirlikka xos,
0 ‘sgin, sovish bilmagin zinhor.
Bu otashni bagrimdan olib,
Vodiylarga, gullarga berdim.
To'quvchini qo'shiqqa solib,
Qo'riq yerlar bag'riga kirdim.
Ishq, haqiqatan qudrati goyo
Mening bilan tebratdi qalam.
Qo'shiqlarim bilmay gash, riyo,
Oshkor kuldim, oshkor chekdim g‘am.
Dili shoir hassos bir elga,
Farzandligim naql etar burchim.
Xalq qalbiday bir go‘zal she’rga
Yetarmikan hech qachon kuchim...
1959
Tinmay og’riydi boshim
Tinmay og'riydi boshim,
Ko‘z ochishga mador yo‘q,
Botdi umr quyoshim,
Dardning buluti quyuq.
Chog'i...
Unmaydi ishim,
0 ‘kinchdan og'rir yurak.
Bu yashash, bu bir turmush,
Unga tob bermoq kerak.
1960
Men chizolmagan surat
Men yo‘ldaman, tinmagur yurak,
Yangi shodlik, qo'shiqqa chanqoq.
Hamma yerni ko‘rmog‘im kerak,
Go‘yo menga hamma yer mushtoq.
Qishloqlarni kezdim borlig'im
Jarangli dam sehriga maftun,
Vatandosh, sen baxtiyorligim,
Sensiz na kuy, na hayot butun.
Qahramonni chaqirdim, yondan
Tovush berdi kolxozchi ayol.
Yellar yuvgan yuzida ilhom —
Men yozajak kuydan barkamol.
Oftob olgan durra, chang etik,
Dala, quyosh saxovati bu!
Ko'zi o‘ta boqqan qalb yetuk
Zamon o‘zi! Tashvish ham suluv!
Nurlanadi dag‘al barmoqlar,
Ko'zlaridan jon olar qo‘shiq.
Qonidagi yangi irmoqlar
Zamzamasin chizishga rang yo‘q!
Jasoratning bayoni qay rang,
Donolikning belgisi qay so‘z,
Suhbatida she’r o'qiganday
Yuksalaman men ham izma-iz.
0 ‘z baxtiday vazmin bu zotda
Parpirovchi qanot ko'raman.
Hayot o‘zi, o‘zi hayotda,
Men hayotni chizmak bo'laman.
Men chizaman... non, sevgi, mehnat,
Do'stday aziz ayol suratin.
Shu kamtarin, shu ulug‘ san’at —
Mening yurtim, mening shuhratim.
Qalbim qolgan edi bu yerda
Qalbim qolgan edi, bir chog‘ bu yerda,
Sizning dilingiz-la jo‘nab ketgandim.
Ajdodim, avlodim qiblasi — elda
Qalbimni sog'inib she’rlar bitgandim,
Qani bunda tashlab ketgan u qalbim?
Kezib, soyu qoya ko'rmagan jondek,
Toqqa tarmashgandim tolib tizlarim,
Sochilgandi shodlik yoqut marjondek,
Lekin tun sel yuvgach kunlik izlarim
Sirqirab chiqqandi tolgan tizlarim.
Ammo yana tongda tushgandim yo'lga
Soya ko'tarilmas cho'qqiga dadil.
Qonlarga tushganda olgandim qo'lga
Yurakni konchining fonusi shakl
Shu’laday qolgandi u yerda ham dil.
Esimda, chorlashdi yulduzlarsimon
Chaqmoq va bijildoq bir davra go'dak,
Men bo'lsam aylanib go'dakka shu on
Har biri ko‘zidan goyo boychechak,
Gilosday boqqandi men bergan yurak.
Ne yaqin-yiroqqa yo'ldosh bo'lmadim,
Bu qutlug' umrimning izmida erkin.
Hech yerda hech kimning baxtin yulmadim,
Tuyg'umni izlarga otmadim, lekin
Pisand ham qilmadim rashklilar kekin.
Har yerda dengizga tushgan tomchiday,
Qalbim zarralarga ketdi bo'linib.
Ammo dilga kirgan har do'st sevinchday,
Ilhom, kuch, hayotday jonimga inib,
Yashadim, daryoday to'lib, to'linib.
Qolgan dil izidan yana keldim-u,
Minglarcha nigohlar sehrida qoldim.
Har salom, har issiq tabassum, kulgu,
Mavjida u qolgan dilim ko'roldim.
Udumday, merosday qon-la o‘tdimi,
Bu behad ko'zlarda mavj urgan mehr?
Zarra-zarra qolgan qalbim o'timi,
Bizni yaqin qilgan muazzam sehr?
Men olgan dillar ham hamon qalbimda
Hayotim bezagi, she’rim jarangi.
Ichgan suvlarimning nami labimda,
Sochlarimda hatto yo'llarning changi.
0 ‘sha o‘t yoshlikka men sodiq qolib,
Butun xalqqa dilim berib ketaman.
So‘ng bu gul diyorni qo'msab, sog'inib,
Quyoshday do'stlikni kuylab o'taman.
1968
Kechir, yoshlik…
Chaqmoq chaqib o'tgachgina oylaymiz,
Chaqnog‘ini izlab topmayin.
Yoshlikda tushni ham o'ngga yoyamiz,
Kunlar etagidan tortmayin.
0 ‘tdi yoshlik mendan bir shavq ko'rmayin,
Do'llar urgan binafshasifat.
Qizg'angandan rizqin qistab so'rmayin,
Atab ketdi meni beshafqat.
Kechir, yoshlik, o'zing eding buyukroq,
Nozik qo‘lim tuta olmadi.
Yoniq vulqon eding, nuri quyuqroq,
Oq ko‘ksimga sig'a qolmadi.
Tortqilab olganda siltovdan zarba
Jarohati hamon bedavo.
Hamon vujudimda zarrama-zarra
Yotar chekib tovushsiz navo.
Kechir meni, yoshlik! Senga munosib,
Chaqnab va chaqnatib yurmadim.
Tuygu to'fonlarin idrok-la bosib,
Portlashga bir zamon qoymadim.
So'ngra, so'ngra so'ngan vulqonday sokin
Qoydim seni bevaqt keksartib.
0 ‘tgich havaslarga muk tushib lokin
Tahqirlarda bo‘lmas qizartib.
Lekin bilsang o'tdim o‘zim senga zor,
G'uncha qolding bir bor ko'rk ochib,
Bahorimgayoggach hech erimas qor,
Gulday she’r yozmadim atirlar sochib...
1976
O’n sakkiz yoshlik
Bog'lari bo'lardi mevali, gulli,
Bodom bor, anor bor, olma, shaftoli.
Nozik ta’b, she’rga o‘ch Ona, gul qo‘lli
Yashnatgan gulzor bor, eram ruxsorli.
Parang etaklarin ilib tikanlar,
0 ‘sardi tanho qiz kapalaksimon.
Oo'shni qizlar ichra boyi yetganlar
Qizda qo‘zg‘atardi goh rashk, goh gumon.
0 ‘ylardi:
To'lmaydi o‘n sakkiz yoshga,
Shoirlar she’rida o‘tar kuylanmay.
Yuzin oxshatmaydi hech kim quyoshga,
Sevgi olovida kuymayin, yonmay...
Birdan yuragida chaqnadi chaqmoq,
Unda pinhon yonib,
oshkor yashnadi.
Ilk sevgi qalbiga solgan bu chaqnoq
Bir yo‘la otash-u muzga tashladi.
Ikkisin taloshin yondi o'tidan,
Jizg'inib o'rtandi, muzida qotdi,
0 ‘n sakkiz yoshini alam kuchidan
Bilmas, qachon topib qachon yo‘qotdi?
0 ‘ylamasdi!
Bir juft sayyorasimon
Ko’ngil
Ko'ngil, nega bugun bemorsan va mo'rt,
Ko‘ngil, nega buncha taranglikda tor?
Ko'ngil, erkaliging, o'ktamliging yut,
Tan ol, oxir endi bahoringda qor.
Ko'ngil,
bo'lma shisha singari siniq,
Behuda, bir so‘z yo nigohdan chil-chil?
Borliqni sig'dirgan buloq bo‘l, tiniq,
0 ‘zni o‘zing bosma og‘ir yuk shekil.
Parokandalikni ot, g'ururingga boq,
Bo'lsa zarra o‘ksik ort yelkasiga.
G'ururing — bardoshli vujuding siyoq,
Yaraydi, el ishi, tashvishlariga.
Elda yumushlar ko‘p: ekmoq, undirmoq,
Butun yer yuzida hayot sochsin gul.
Yovuzlikni olov olmay so'ndirmoq,
Toki, inson yashay olsin xushko'ngil!
1977