«JONG’A CHUN DERMEN: «NE ERDI O’LMAKIM
KAYFIYATI?..» G’AZALI
Jong'a chun dermen: «Ne erdi o'lmakim kayfiyati?»
Derki: «Bois bo'ldi jism ichra marazning shiddati».
Jismdin so'rsamki: «Bu za'fmgg'a ne erdi sabab?»
Der: «Anga bo'ldi sabab o'tluq bag'irning hirqati».
Chun bag'irdin so'rdum, aytur: «Andin o't tushti manga, -
Kim ko'ngulga shu'la soldi ishq barqi ofati».
Kuyi shunday bo'lsa, g'amning o'ziga
Qanday chiday oldi ekan odamzod?! -
Ko'ngluma qilsam g'azab, ayturki: «Ko'zdindur gunah,
Ko'rmayin ul tushmadi bizga bu ishning tuhmati».
Ko'zga chun dermenki: «Ey tardomani yuzi qaro,
Sendin o'lmish telba ko'nglumning balo-yu vahshati».
Yig'lab aytur ko'zki: «Yo'q erdi manga ham ixtiyor, -
Kim ko'rundi nogahon ul sho'xi mahvash tal'ati».
Ey Navoiy, barcha o'z uzrin dedi, o'lguncha kuy, -
Kim sanga ishq o'ti-o'q ermish azalning qismati.
«Favoyid ul-kibar»ning 597-g'azali.
Orazin yopqoch ko’zumdin
Orazin yopqach ko'zumdin sochilur har lahza yosh,
O'ylakim paydo bo'lur yulduz, nihon bo'lg'ach quyosh.
Qut bir bodomu yerim go'shan mehrob edi,
G'orati din etti nogah bir baloliq ko'zu qosh.
Bu damodam ohim ifsho aylar ul oy ishqini,
Subhnung bot-bot dami andog'ki aylar mehr fosh.
Bo'sae qilmas muruvvat, asru qattiqdur labing,
Desam og'zi ichra aytur la'l ham bor nav' tosh.
Novaking ko'nglimga kirgach jon talashmoq bu ekin,
Kim qilur paykonini ko'nglum bila jonim talosh.
Umri jovid istasang fard o'lki, bo'ston Xizridur,
Sarvkim da'b ayladi ozodaliq birla maosh.
Qoshi ollinda Navoiy bersa jon, ayb etmangiz,
Gar budur mehrob, bir-bir qo'ygusidir barcha bosh.
Qaro ko’zum
Qaro ko'zum, kelu mardumlug' emdi fan qilg'il,
Ko'zum qarosida mardum kibi vatan qilg'il.
Yuzung guliga ko'ngul ravzasin yasa gulshan,
Qading niholig'a jon gulshanin chaman qilg'il.
Takovaringg'a bag'ir qonidin hino bog'la,
Itingg'a g'amzada jon rishtasin rasan qilg'il.
Firoq tog'ida topilsa tufrog'im, ey charx,
Xamir etib yana ul tog'da ko'hkan qilg'il.
Yuzung visolig'a yetsun desang ko'ngullarni,
Sochingni boshdin-ayog' chin ila shikan qilg'il.
Xazon sipohiga, ey bog'bon, emas mone'
Bu bog' tomida gar ignadin tikan qilg'il.
Yuzida terni ko'rub o'lsam, ey rafiq, meni
Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg'il.
Navoiy, anjumani shavq jon aro tuzsang,
Aning boshog'lig' o'qin sham'i anjuman qilg'il.